Otam uchun namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Men namoz o‘qishni boshladim. Otam vafot etganlar. Men otam uchun namoz o‘qisam bo‘ladimi? Buning uchun nima qilishim kerak? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Birov uchun boshqaning namoz o‘qishi yo‘q. Qoldirgan namoz va ro‘zalarining fidyasini berishingiz mumkin. Bir kunda besh vaqt namoz va vitr namozining (jami olti vaqt namoz) har bir vaqti uchun 2 kilodan bug‘doyning puli. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:52 | Savol-javoblar | 180 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar