Ijmo va Qiyos xaqida biroz tushuncha bersang
Assalomu alaykum! Xazrat Iymon kitobizda "Islom shariati hukumlari Qur’on, Sunnat, Ijmo va Qiyosdan olinadi" debsiz. Hazrat iltimos Ijmo va Qiyos xaqida biroz tushuncha bersangiz! Javobiz uchun oldindan tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- «Ijmo’» so‘zi lug‘atda ikki xil ma’noni ifoda qiladi.Birinchisi – bir ishga azmi qaror qilish ma’nosi. Arablarda «Falonchi bir narsaga ijmo’ qildi» deyilsa, o‘sha narsaga azmu qaror qilgani tushuniladi. Shuningdek, Qur’oni Karim oyatida ham bu ma’no kelgan. Alloh taolo «Yunus» surasida aytadi:«Siz sherik keltirganlaringiz bilan birgalikda o‘z ishingizni jamlayveringlar» (71-oyat).Ya’ni, azmu qaror qilaveringlar.Xuddi shunga o‘xshash ma’no Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida ham kelgan.Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zavjalari Hafsa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim fajrdan oldin ro‘zani azmu qaror qilmasa, uning ro‘zasi yo‘qdir», – dedilar.«Sunan» egalari, Ibn Xuzayma va Ibn Hibbon rivoyat qilishgan.Ikkinchisi – ittifoq qilish ma’nosi. Arablarda «Qavm biror narsaga ijmo’ qildi» degan gap qavmning o‘sha narsaga ittifoq qilgani ma’nosini bildiradi. Bu ikki xil ma’noning orasidagi farq shuki, birinchisida ish bir tarafdan sodir bo‘ladi. Ikkinchisida esa, bir necha tarafdan sodir bo‘ladi.Ijmo’ning usulul fiqhdagi ta’rifiUsuliylar istilohida ijmo’ quyidagicha ta’rif qilinadi:«Muhammad sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan so‘ng biror asrda mujtahidlarning shar’iy hukmga qilgan ittifoqi «Ijmo’» deyiladi».Ushbu ta’rifdan Ijmo’ sobit bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan shartlarni bilib olamiz.1. Ijmo’ sobit bo‘lishi, shar’iy ishlardan biror ishga ittifoq qilinishi uchun o‘sha ittifoqni mujtahidlar qilgan bo‘lishi shart. Shar’iy ahkomlarga nazar solmaydigan va ulardan ahkomlarni istinbot qilolmaydigan avomlar ittifoqida ibrat yo‘q. Chunki, unday kishilarning shar’iy hukmlarni idrok qilish uchun ilmlari yo‘q. Mujtahidlar bo‘lmagan asrda Ijmo’ ham sobit bo‘lmaydi.2. Ijmo’ mazkur davrdagi barcha mujtahidlardan sodir bo‘lishi lozim. Ko‘p mujtahidlar ittifoq qilib, ozlari xilof qilsa ham, ijmo’ sobit bo‘lmaydi. Shuningdek, Madiyna mujtahidlari ijmo’si ham, Makka va Madiyna mujtahidlari ijmo’si ham, Basra va Kufa mujtahidlari ijmo’si ham, Abu Bakr va Umar, balki to‘rt roshid xaliyfa ijmo’si ham, Ali, Fotima, Hasan va Husayn ijmo’lari ham alohida holda ijmo’ hisoblanmaydi.3. Mujtahidlar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlaridan bo‘lmog‘i lozim, u zotdan boshqa Nabiylarning mujtahidlarining ittifoqi shar’iy ijmo’ bo‘lmaydi. Chunki, shar’iy dalillarda ijmo’ bo‘lishi, ularning xatodan saqlanishi Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlaridan bo‘lishiga xoslangandir.4. Ijmo’ Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan keyin bo‘lishi shart. Nabiy sollallohu alayhi vasallam hayotlik chog‘larida Ijmo’ sobit bo‘lmaydi. Chunki, ittifoqchilarning hukmi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muvofiq bo‘lsa, u ish sunnat bo‘ladi, ijmo’ emas. Agar muxolif bo‘lsalar, u holda ittifoqlari soqit bo‘ladi.5. Ijmo’ faqatgina vojib yoki harom, sahih yoki fosid kabi shar’iy ahkomlarda bo‘ladi. Lug‘at qoidalarida, aqliy narsalarda, olamning yaralishi haqidagi fikrlar yoki urush tadbirlari va maiyshiy ishlar kabi dunyoviy ishlarda ham, ular mukallaflardan talab qilinadigan narsa bo‘lmaganligi sababli, ijmo’ sobit bo‘lmaydi.«Qiyos» so‘zi lug‘atda «bir narsani boshqasi bilan o‘lchash», ya’ni «biron narsaning o‘lchovini bilish» ma’nosida ishlatiladi. Masalan, kiyimni qarichlab yoki metrlab o‘lchadim, deganidek. Ya’ni, uning o‘lchovini bildim, deyilmoqda. Yana «qiyos» so‘zining «bir narsani o‘ziga o‘xshash narsa bilan tenglashtirish, taqqoslab ko‘rish» ma’nosi ham bor. O‘sha narsa hissiy bo‘lsa ham, ma’naviy bo‘lsa ham farqi yo‘q. Masalan, birov: «Bu lavhani mana bunisiga qiyos qildim» desa, «solishtirdim, tenglashtirdim» degan bo‘ladi. Yoki «falonchi fistonchiga qiyoslanmaydi» desa, «tenglashmaydi» degani bo‘ladi. Usuliylar istilohida esa:«Shar’iy hukmi bo‘yicha Kitob, Sunnat va Ijmo’da nass(matn) kelmagan ishni hukmiga ulardan birida nass-(matn) kelgan ishga tenglashtirish «qiyos» deyiladi».Buning bayoni quyidagicha: Kitob, Sunnat yoki Ijmo’da ma’lum bir hukmga dalil bor. Mujtahid o‘sha hukmning shariatga kiritilishiga sabab bo‘lgan illatni hukmlarning illatini bilish yo‘llaridan biri orqali o‘rganadi. So‘ngra o‘sha illat mavjud bo‘lgan, biroq hukmi bo‘yicha Kitob, Sunnat yoki Ijmo’da shar’iy dalil kelmagan boshqa voqe’aga taqqoslab ko‘radi. Har ikki voqe’a illatda sherik, ya’ni teng bo‘lgani uchun, shar’iy hukmi bo‘yicha dalil kelmagan voqe’ani shar’iy hukmi bo‘yicha dalil kelgan voqe’aga tenglashtiradi. Mana shu tenglashtirish «qiyos» deyiladi. Kitob, Sunnat yoki Ijmo’da hukmi bo‘yicha dalil kelgan voqe’a «asl» yoki «maqiys alayh» – «unga taqqoslangan» – deyiladi. Kitob, Sunnat yoki Ijmo’da shar’iy hukmi bo‘yicha dalil kelmagan voqe’a «far’» yoki «maqiys» – «taqqoslanuvchi» deyiladi. Shar’iy hukmga sabab bo‘lgan ma’noni «illat» deyiladi.Har ikkisi hukm illatida sherik, ya’ni teng bo‘lganligi uchun, ular haqidagi shar’iy hukm ham bir xil bo‘ladi. Qiyos hukmni kashf va zohir qilishdir. Unda hukmni yangitdan paydo qilish yo‘q. Chunki, hukm shariat bo‘yicha aslda – maqiys alayhda, ya’ni unga taqqoslangan narsada Kitob, Sunnat yoki Ijmo’da kelgan dalil ila sobitdir. Qiyos qilinayotgan narsaning hukmi faqatgina illat yordamida mujtahidning bayonidan keyin zohir bo‘ladi, xolos. Demak, qiyos hukmni yangitdan paydo qilish emas, balki bor narsani izlab, topib, ko‘rsatishdan iboratdir. O‘sha hukmni topishda illat asosdir. Mujtahidning ishi esa, illat bir bo‘lgani sababli asldagi hukmning far’da ham borligini ko‘rsatishdir.Qiyos ila sobit bo‘lgan shar’iy hukmlarga ba’zi misollar:Qur’oni Karimda xamr harom qilingan va uning illati ham bayon qilingan. Bu haqda Alloh taolo bunday deb marhamat qiladi:«Ey, iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz. Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va yomon ko‘rishlikni solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to‘sishni xohlaydir. Endi to‘xtarsizlar!»(«Moida» surasi, 90-, 91-oyatlar).Ushbu matn xamrning haromligiga dalildir. Shu bilan birga, unda uning harom qilinishining illati ham bayon qilingan. Ya’ni, xamrning diyniy va dunyoviy zararlari ham aytilgan.Arab tilida «xamr»» so‘zi «to‘sish», «berkitish» ma’nolarini anglatadi. Ba’zi faqihlarning ta’riflashicha, ho‘l uzumdan olovga qo‘yib, qaynatilmasdan tayyorlanadigan mast qiluvchi ichimlik xamrdir.Mujtahid «haromlik illati» deb odatda va g‘oliban aqlni to‘suvchi mast qilishni topadi. Bu narsa ko‘pgina diyniy va dunyoviy, sihhiy va ijtimoiy zarar hamda fasodlar keltiradi. Insonlar orasida adovat va bir-birini yomon ko‘rsatish kabi ishlarga ham sabab bo‘ladi. Mujtahid don va mevalardan ham mana shu kabi mast qiluvchi narsalar olinayotgani va uni ichuvchilar mast bo‘layotganini ko‘radi va u «nabiyz» deb nomlangan narsani ham, mast qilgani uchun, xamrga ilhoq – qiyos qilib, «iste’moli harom» deb hukm qiladi. Bu qiyosning arkonlari quyidagilar: Xamr – asl. Nabiyz – far’. Aslning nass(matn) orqali hukmi – harom. Maqiys va maqiys alayh orasini jamlovchi illat – mast qilishlik.2. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflari dalil o‘laroq, agar merosxo‘r meros qoldiruvchini o‘ldirsa, uni merosdan man’ qilinadi.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qotil meros olmaydi», – dedilar».«Sunan» egalari va Dora Qutniy rivoyat qilishgan.Bu hukmning illati – o‘ziga tegishi kerak bo‘lgan narsani vaqtidan oldin olish uchun qotillik qilish. Shuning uchun u merosdan mahrum qilinadi. Mujtahidga «Falonchi o‘z molidan fistonchiga berish haqida vasiyat qilgan edi. Ammo, o‘sha fistonchi falonchini o‘ldirib qo‘ydi. Endi nima bo‘ladi?» degan masala taqdim etildi. Bu masalani hal qilish uchun mujtahid avval Kitob, Sunnat va Ijmo’ga nazar soladi. Ularda bu masala bo‘yicha dalil yo‘qligini aniqlaydi. So‘ngra mujtahid bu masalaga o‘xshash va unga buni taqqoslash mumkin bo‘lgan narsa bor yoki yo‘qligini aniqlashga kirishadi va yuqorida zikri kelgan qotil merosxo‘r haqidagi hadisi sharifni topadi. Uni o‘z foydasiga vasiyat qilgan shaxsni o‘ldirgan qotilga qiyos qiladi.Ushbu taqqoslash oqibatida, mujtahid «Vasiyat qiluvchini foydasiga vasiyat qilingan odam o‘ldirsa, vasiyat qilingan molu mulkdan mahrum qilinadi» degan hukmni chiqaradi. Chunki u ham, qotil merosxo‘r kabi, o‘ziga tegishi kerak bo‘lgan narsani vaqtidan oldin olishni istadi.
29 Aprel 2022, 22:52 | Savol-javoblar | 214 | Islam