Tili chuchuk odamning imomati va azon haqida
Assalomu alaykum! Ustozlar tili chuchuk odam imomlikka o‘tsa bo‘ladimi? Misol uchun ض (Dod) kalimasini ظ (Zo) qilib o‘qiydigan bo‘lsa namoz buzilmaydimi?
2. Bir do‘stim bir masjidda azon tajvidsiz aytilyabdi deb shikoyat qilib qoldi. Ustozlar Azonni tajvid bilan aytish shartmi, chunki ko‘p masjidlarda maxallani odamlari aytishadi, men unga tajvidsiz aytilsa ham namozga zarari yo‘q dedim, chunki azon aytish sunnat amal. Men bir Ustozdan so‘raganimda u inson azon Qur’onda kelmagan, albatta tajvid bilan aytish afzal, lekin namozni buzib qo‘ymaydi degandilar. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Unday odam tug‘ri qiroat qiladigan odamlarga imomgarchilikka o‘tishi to‘g‘ri emas. 2). Nafl namozi ham sunnat, shunday bo‘lsada u namozdagi qiroat, ruku’ va sajdalar farz. Xuddi shuningdek azon aytish ham sunnat bo‘lsada farz bo‘lgan, uni ziddida kufr bo‘lgan ahkomlari ham bor. Masalan Allohu akbar lafzini Aaaalloh deb o‘qisa o‘ta qo‘pol xato qilgan bo‘lib, Alloh ulug‘mi bekorlarni aytibsan degan bo‘ladi. Arab tilida uni istifhom inkoriy deyiladi. Va hokazo... Shuning uchun azonni ham tajvidi bor, chiroyli ovoz sohibi aytishi kerak. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. https://fiqh.uz/maqola/
29 Aprel 2022, 22:51 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar