TASAVVUF MAShOYIXLARI TUGRISIDA
ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUHU!Muhtaram ustoz! Sizga ayrim savollarim bor edi. Ijozatingiz bilan ularni havola qilaman.1. Tarikatda «ShAYX» darajasiga etish uchun avvalambor kishi shar’iy ilmlarni puxta uzlashtirgan bulishi lozimligi xakida kitoblarda aytilgan. Lekin ayrim rivoyatlarda shariatda ilmi juda baland bulmasa xam karomat soxibi bulgan ulug zotlar xakida aytilgan. Ulardan men eshitganim Shams Tabriziy xazratlari. U kishining shogirdlari esa Mavlono Jaloliddin Rumiy xazratlari edilar. Rivoyatlarda kelishicha, Shams Tabriziy xazratlari ilm bobida Mavlono Jaloliddin Rumiydan ancha past bulgan ekanlar. Shams Tabriziy xazratlari Mavlononi uzlari kidirib topganlar. U zotdan zoxir bulgan karomatni kurgan Mavlono tavba yuliga kirib, tarikatga kiradilar. Shams Tabriziy va Mavlono xazratlarining uchrashuvlarini tarixda «Ikki dengiz uchrashuvi» xam deyishadi. - Ustoz savolim shundan iboratki, kishida ilm oz bulsa xam ma’lum makomga etishi mumkinmi? 2. Imom Gazzoliy (r.a) «Ixyoi ulumid-diyn» asari «Ilm kitobi»da ilmlarning afzali kalbdagi ilm, ya’ni oxirat ilmi, deb aytganlar. Oxirat ilmidan murod kanday ilm? Va u kanday urganiladi? 3. Ruxiy tarbiyaga oid xamda tasavvuf kitoblarida xavoyi nafsning yomonligi xakida ta’limotlar kelgan. Men suraydiganim shuki, murid kalbiga tashlangan xoxish-istak va vasvasalarning kay biri xavoyi nafs istagi-yu, kay biri shayton vasvasasi ekanligini kay yul bilan biladi? Bu xakda mashoyixlarimiz nimalar deyishgan? Batafsil tushuntirib bersangiz. 4. «Tasavvuf va guzallik» kitobida (muallifi Shayx Sayyid Maxmud As’ad Jushon) tarikatlar xakida suz yuritilib, tarikatlar ikki xil yunalishda bulishi aytilgan: 1. Nafsga karshi kattik riyozat orkali kalbni poklovchi tarikatlar.2. Nafsni kiynamay kalbga jilo berish yuli bilan amal kilinadigan tarikatlar. Ustoz mazkur ikki yunalishdagi tarikatlar xakida tasavvuf kitoblarida kanday ma’lumotlar kelgan? Agar iloji bulsa ikkinchi yunalishdagi tarikatlarga kanday tarikatlar misol bula olishini batafsil tushuntirib bersangiz.5. Naqshband.uz veb saxifasida «Nakshbandiya» tarikati xakida yozilgan makolada jumladan shunday deyilgan: «Xoja Ubaydulloh Ahrorning shogirdlaridan Abdulloh Ilohiy (vaf. 896/1491 y.) bunday deydi: “Naqshbandiylar toifasining maqomi jami maqomotdan balanddir... Sunnati muakkada va farzlarni cho‘zmaydilar. Ortiqcha amallardan ko‘p umid qilmaydilar, balki Haq taoloning fazlidan umidvorlar” Bahouddin Naqshbandning: “Biz Allohning lutfiga bog‘langanlarmiz” va “Bizni lutf eshigidan kirgazdilar. Vazifamiz farz, vojib va sunnati muakkadalarni ado etmoqdir”. Ustoz mazkur jumlalarni sharxlab, tushuntirib bersangiz. 6. Abdulxoliq G‘ijduvoniy: “Doimo oyoqni shariat va istiqomat sajjodasiga qo‘yish, azimat va sunnat bilan rioya etish, ruxsat va bid’atdan yiroq turish lozim”, deya tavsiya qilgani uchun Xoja Bahouddin azimat bilan harakat qilmoq niyatida jahriy zikrni tark etib, xafiy zikrni boshlagan. Hatto rivoyat qilinishicha, sovuq qish bo‘lishiga qaramay, diniy fatvoga ko‘ra tayammum qilish o‘rniga, qiyinchilik yo‘lini tanlab, Revartun qishlog‘idan Qasri Orifonga qadar borib, katta qiyinchiliklar bilan suv topib g‘usl qilgan ekan. - Yana bir rivoyatda Mansur Xalloj kamokdalik paytida xam kechalari ming rakat namoz ukir, xar bir namozga gusl kilardi, deyilgan. - “Xidoya” kitobida xam maxsiga masx tortishni joiz deb bilsa-yu, maxsini echib tashlab oyogini yuvsa savob oladi, deyilgan.Ustoz tasavvuf mashoyixlarining azimat bilan amal kilishlari barchaga urnak albatta, oddiy muridlar xam kamolot darajalariga kutarilish davrida shunday azimat ila amal kilmoklari kerakmi? 7. Shariatimizda musulmon kishi aksa urganda xamd aytish, esnaganda istigfor aytishi ta’kidlangan. Bizda ahli ilmlardan ba’zilari kekirganida ham istig‘for aytishadi. Kekirganda qanday zikr aytilishi haqida “Musulmonning odob kitobi”da bir duoni o‘qigandim. “Alhamdu lillahi a’la kulli halim-minal hal”, ya’ni “Meni bir holdan boshqa holga o‘tkazgan Allohga hamd bo‘lsin”-degani ekan. Mazkur duoni kekirgandan so‘ng aytsa bo‘ladimi? Yoki bundan boshqa sahih duolar bormi? E’tibor va javoblaringiz uchun tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Umumiy qoida “avval shariat, keyin tariyqat”. Chunki agar shariatni bilmasa, adashib ketish turgan gap. Bu dunyodaga asosiy maqsal karomat sohibi bo‘lish emas. Alloh O‘ziga etishgan bandasiga karomatni beradi. Buning ma’lum o‘lchovi yoki belgisi yo‘q. Ammo Alloh taoloning irodasi chegarasiz ekani aniq. O‘zi nimani istasa shuni qiladi. Bo‘l, degani bo‘ladi. O‘sha Alloh ilmga targ‘ib qilgan, iml talab qilish har bir mo‘minga farz bo‘lgan. Ilm bobida Tabriziy va Rumiy rahmatullohi alayhilarning misoli taxmin asosidagi gap. Rumiy nafs tarbiyasiga oid ilmda o‘zidan ustin Tabriziyga shogird tushgan bo‘lsa bordir. Ammo bu umumiy qoida emas. Oyat ham, hadis ham, shariatning hukmi ham emas. 2. Diyniy ilmlar degani.3. Bu narsalar bir-biriga aralashib ketgan.4. Bu savolni o‘sha kitobni chiqargan tarafga bering.5. Bu savolni o‘sha kitobni chiqargan tarafga bering.6. Siz keltirgan gaplar to‘qima gaplar. Nomlari zikr qilingan zotlar bu kabi ishlarni qilishni o‘zlariga ep ko‘rmagan bo‘lishlari kerak. bizning dinimizda o‘zini qiynash yo‘q.7. Bilmadim.
29 Aprel 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 158 | Ruhiy tarbiya