taloq qilish haqida

Assalomu alaykum Shayx Hazratlari!Zaruriy bir masala xususida fatvo berishingizni iltimos qilaman:Yoshim 27da, 2 farzandim bor. 22 yoshimda ota-onamning ixtiyori bilan turmushga chiqdim. Bu turmushni xohlamasdim, chunki ko‘nglim boshqa birovda edi. O‘zbekchilik, ota-ona rizoligi - qabul qildim. O‘sha kezlar otam qattiq kasal - insult bo‘lib qolgan, qaror berish ko‘proq onamning ixtiyorida bo‘ldi.Turmushga chiqdim. Hamma narsani ichimga yutib, Alloh roziligi uchun yaxshi niyat bilan turmushimni boshladim. Ammo hayot kutganimdek emas edi. Har qancha urinmay, ko‘nikolmadim. Qiyinchiliklarni engolmadim. Turmush o‘rtog‘imni ma‘rifat bilan tarbiyalamoqchi bo‘ldim, mas‘uliyat hissini uyg‘otishga qayta-qayta urindim... Ruhan yolg‘izlikdan charchadim. Yana "Baribir ajrashib ketaman" degan ichimda sarkashlik ham bor edi. Chunki, ko‘nglimdagidek inson bo‘lmagani bois, ayollik vazifalarimni ham to‘liq uddalay olmadim, shekilli. "Bunaqa turmushga loyiq emasman", degan isyon yuragimni og‘ritardi. Islom ahkomlarini ozmi-ko‘pmi tushunganim bois, o‘zim bilan o‘zim olishib yashardim. Keskin qaror berishda Allohdan qo‘rqardim. Farzandlar tug‘ilsa, izga tushar dedim, orada ikki farzandli ham bo‘ldim. Ammo turmushimiz borgan sayin emirilib, ishonchsizlanib, oxiri yo‘qolib boraverdi. Bu turmushimdan eslashga arzirli biror shirin xotira ham qolmadi...Turmush davomida bir taloq keyin uchtaloq ham tushdi. U: "Agar shu ishni qilsang, uchtaloq bo‘lasan", degandi. Holbuki, men u aytgan ishni qilib bo‘lgandim. Uchtaloq tushib qolganini aytdim va qayta nikoh o‘qitildi... Ammo shu bilan turmush hech ijobiy holga yuz o‘girmadi. Bir kuni u men yashaydigan uyda yo‘qligimdan foydalanib, o‘zga ayolni olib kelganini sezib qoldim. Shu bilan uning yuziga ham boqmadim. Uch yil to‘ldi, er bilan birga yashamayman. U bolalardan ham xabar olmaydi. Oxirgi marta: "Seni taloqingni hech qachon bermayman va erga tegsang ham yashatmayman" degandi...Muhtaram Shayx Hazratlari, mening hukmim nima bo‘ladi? Davlat tomonidan qonuniy ajrim bo‘lgan, ammo diniy tamondan qanday hal bo‘ladi?Qayta turmushga chiqish uchun undan taloq olishim lozimmi?E‘tibor va javobingiz uchun oldindan tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- U taloq bermasa, arz qilib, ilmli odam va ikki taraf vakillari orqali nikohni buzdiring. Keyin idda o‘tirasiz va yangi erga tegsangiz bo‘ladi.

27 May 2022, 04:22 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar