Telefon hisobiga pul to‘lash

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men Moskva shahridaman va bu erda telefonimizga pulni o‘zimiz maxsus pul to‘lovchi qurulmalar orqali pul to‘lovini amalga oshiramiz, misol uchun ba’zi bir qurulmalar 100 rubl tashlasa 2% komissiya ushlab qoladi va 98 rubl hisobga tushadi. Meni telefonimda “qiwi koshelok” programmasi bor, bu orqali sheriklarimni hisobiga pul tashlab bera olaman. Avvaliga qurilmaga o‘zim borib “qiwi” hisobimga pul tashlab olsam 100% pul tushadi, qolganlar tashlasa 2% komissiya oladi. Savolim: men ularni hisobini to‘ldirib berayotganimda men ham hizmatim uchun 2 yoki 3% komissiya olsam bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz qo‘shimcha komissiya olmang. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 130 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar