Ahloq

Assalomu alaykum! Bir domlani "Gerdayganga gerday boshing kokka etguncha" degan gapini ijtimoiy tarmoklarda korib koldim. Kopchilikka bu gap yokib tushgan albatta. Paygambarimiz (s.a.v) menimcha xech kimga gerdaymagan, yaxshimi yomonmi xammaga ozining mukammal odobi bilan namuna bo‘lgan. Anavi domlaning bu gapi kanchalik to‘g‘ri? Odamlarni pas ketmaslikka, kibrli kilishga davat dek bo‘lib kolmayaptimikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning «Ijtimoiy odoblar» kitoblarini o‘qing. Shariatimiz inson hayotining har vaqtida o‘zini qanday tutishini ko‘rsatib qo‘ygan va bu ko‘rsatmalar adolat bilan har tarafni hisobga olib berilgan ilohiy ko‘rsatmalar, bularni ba’zilari oyatlarda qolganlari hadisu sharif va ulamolar so‘zlarida bayon qilingan. Qolgan insonlarning so‘zlari shunga muvofiq bo‘lsa olamiz bo‘lmasa yo‘q. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:22 | Savol-javoblar | 146 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar