1-aprel

15-asr oxirlarida xristian armiyasi hochlikar Andalus musulmonlarining so‘ngi qal’asini o‘rab oladi. Qishning sovuq kunlariga qaramay qal’a ahli uzoq muddat o‘zlarini himoya qilishadi. Qiyin ahvolda qolgan xristian armiyasining qo‘mondoni turli xil uslublarni qo‘llab ko‘radi. Eng oxirida, 31-mart kechasi bir qo‘lida Qur’on va boshqasida Injil bilan qal’a oldiga kelib: “Shu ikki kitob bilan qasam ichamanki, agar taslim bo‘lsangiz bu kecha sizlarga hech nima qilmayman” deydi. Musulmonlar o‘zaro kelishib, jonlarini saqlab qolish evaziga qala’ani taslim qilishadi. Shunda “Qasam ichgan edingiz, bizlarga so‘z bergandingiz” deyishganda, xristian armiyasining qo‘mondoni: “Mening sizlarga bergan so‘zim kecha kechasi uchun edi, bugun uchun sizlarga hech qanday so‘z bermaganman” deya javob beradi va butun musulmonlarni o‘sha erda shahid qiladi. Shu kundan boshlab 1 aprel xristianlar orasida “Hiyla kuni” sifatida nishonlanadi. Afsuski, yuzlab, minglab musulmonlar qatl kuni bo‘lgan 1-aprelni bir hazil kuni sifatida nishonlab kelishmoqda. Bu ma’lumotni boshqalarga ham etkazaylik. Savol: Shu ma’lumot to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Shu to‘g‘ri ma’lumot. Qolaversa, shariat yolg‘on gapirishni, yolg‘ondan hazil qilishni harom qilgan. Gunoh deb bilib qilish bilan kishi gunohkor bo‘lsada, dindan chiqib qolmaydi. “Bo‘laveradi, halol” desa fuqaholar dindan chiqqanga hukm qilishadi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 01:40 | Savol-javoblar | 154 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar