Injilda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlarida

Assalomu alaykum! Injil kitobida oxirgi zamon payg‘ambari keladi va hammalaringiz unga ergashinglar deylganim? Yoki shunga o‘xshash matn kelganim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta kelgan. Bibliya so‘zlaganda
Birinchi bashorat Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:
«Biz kitob bergan kishilar (yahudiy va masihiylar) uni (Muhammad alayhissalomni) xuddi bolalarini tanigandek taniydilar. Va albatta, ulardan bir guruhlari bilib turib haqni berkitadilar» (Baqara surasi, 146-oyat).
Inson o‘z bolasini hammadan yaxshi taniydi. Chunki farzand uning jigarbandi, unda o‘zining qoni, tabiati, his-tuyg‘ulari va butun vujudi aks etgan. Inson o‘z farzandini xatto hididan ham taniydi. Alloh taolo Qur’oni karimda ana shu haqiqatga qiyosan zarbulmasal qilib aytadiki, «Biz kitob bergan kishilar uni (Muhammad alayhissalomni) xuddi bolalarini tanigandek taniydilar».
Chunki ahli kitoblarga nozil bo‘lgan Tavrot va Injilda oxir zamon Payg‘ambari haqida oydin xabarlar kelgan. Biroq, afsuski, ular o‘z muqaddas kitoblarini o‘zgartirdilar, haqiqatni yashirdilar.Inson ko‘rmagan odamini tanishi mumkinmi? Yoki begona odamni o‘z farzandini tanigandek tanishi mumkinmi? Albatta, mumkin. Faqat buning uchun u haqda juda ko‘p ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Ahli kitoblar Islom payg‘ambarini ham o‘z farzandlarini taniganlaridek tanib olishlari uchun ularga shu qadar ko‘p bashoratlar berilganki, tanimaslikning iloji yo‘q edi. U zot qaerda tug‘iladilar ismlari nima bo‘ladi, vahiy qachon keladi, qavm u zotga qanday munosabatta bo‘ladi, qaerga hijrat qiladilar, dastlab qay tomonga qarab namoz o‘qiydilar, keyin qibla qaer bo‘ladi, kimlar bilan jang qiladilar, bu kurash nima bilan yakun topadi, qanday shar’iy hukmlarni joriy etadilar – bularning barchasi haqida ochiq-oydin bashoratlar, xabarlar berilgan edi. Biroq ular Islom payg‘ambarini tanimadilar, to‘g‘rirog‘i – tanishni istashmadi. Yoki tanib turib, tonishdi, haqiqatdan yuz o‘girishdi. Bu ham etmagandek, boshqalar tanib qolmasin deb haqiqatni yashirishdi. U zot alayhissalom haqlaridagi bashoratlarni yashirib, uni boshqacha talqin qilishdi. Muqaddas kitoblarning matnini o‘zgartirib, xohlagan ko‘ylariga solishdi. Ammo qanchalik o‘zgartirib, yashirishga harakat qilishmasin, baribir Islom elchisi – oxir zamon payg‘ambari haqidagi bashoratlar Tavrot va Injilda saqlanib qoldi.
Keling, ana shu bashoratlardan biri haqida to‘xtalib o‘tamiz.Muhammad Islom payg‘ambari sollallohu alayhi vasallam Muhammad, Ahmad, Mustafo va shu kabi muborak ism va sifatlar bilan tanilganlar.
Jubayr ibn Mut’im roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Mening ismlarim bor. Men Muhammadman. Men Ahmadman. Men Mohiyman, Alloh men ila kufrni mahv etur. Men Hoshirman, Alloh mening oyoqlarim oldiga odamlarni hashr etur. Men Oqibman», dedilar»
(Buxoriy rivoyat qilgan). Muqaddas kitoblarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning asl ismlari –Muhammad ismi kelganmi? Tabiiyki, yahudiy va masihiylar bu savolga bir ovozdan «Yo‘q» deb javob berishadi. Ammo biz «Ha, kelgan» desak, ishonasizmi?
Keling, bir izlanib, bahs yuritib ko‘ramiz.Tavrotda quyidagi satrlarni o‘qiymiz (tushunarliroq bo‘lishi uchun rus tilidagi tarjima ham keltirildi):«Uning ovozi juda shirin, O‘zi esa har jihatdan maftunkor. Ey Quddus qizlari, mana shunday yigit Mening sevgilim, do‘stimdir‎». (Qo‘shiq, bob 5/16).Usta ego - sladost, i ves on - lyubeznost. Vot kto vozlyublennыy moy, i vot kto drug moy, deri Ierusalimskie! (Pesnya Pesney, glava 5/16).
Yahudiy va masihiy olimlar bu so‘zlar buyuk bir zot haqidagi bashorat ekanligini ta’kidlaydilar. Faqat yahudiylar bu bashorat Sulaymon alayhissalomga tegishli deyishsa, masihiylar uni Iyso alayhissalom haqidagi bashorat deyishgan. Endi bu so‘zlarning ivrit (yahudiy) tilidagi matnini keltiramiz:חכו ממתקים וכלו מחמדים זה דודי וזה רעי בנות ירושׁלם:
חכוH2441 ממתקיםH4477 וכלו H3605 מחמדיםH426
1זה H2088 דודי H1730 וזה H2088 רעי H7453 בנותH1323
ירושׁלם׃H3389
 Bahs yuritadigan so‘zimiz – ajratib ko‘rsatilgan (H4261מחמדים) so‘zidir. Gap shundaki, bu so‘z ivrit tilida «muhammadim» deb talaffuz qilinadi. Musulmonlar gap kim va nima haqida ketayotganligini tushunib bo‘lishdi. Nafaqat musulmonlar, balki qaysi dinda bo‘lishidan qat’iy nazar Islomdan ozgina bo‘lsa da xabari bo‘lgan, Islom payg‘ambarining ismi Muhammad ekanini bilgan har qanday kishi bu iqtibosning ishorasini tushundi deb o‘ylaymiz. Ma’lumki, yahudiy tili ham arab tili kabi (somiy) semit tillar guruhiga kiradi. Shuning uchun bu tillardagi juda ko‘p so‘zlarni arabcha so‘zlarga juda o‘xshashligini ko‘rish mumkin. Yahudiy yozuvi ham arab tili kabi o‘ngdan chapga qarab o‘qiladi, bu tilda ham «a», «i», «u» kabi unli tovushlar yozilmay, harakatlar yordamida o‘qiladi. Shuning uchun ham bir so‘z harakatlarning o‘zgarishi tufayli turlicha o‘qilishi va har xil ma’no kasb etishi mumkin.
Keling, yanada tushunarli bo‘lishi uchun bu so‘zlarning yahudiy tilidagi talaffuzini transkriptsiya qilib, ma’nolarini ham o‘rganib chiqamiz.
Talaffuz:
Xikko‘ mamtakkim vexulloo‘ muhammadim, ze do‘diy ve ze ri’iy benot erushalam!
Ma’nosi:
(H2441חכו) – xikko‘ – tili, og‘zi, halqumi. Agar harakat o‘zgarsa, «kutib turing» degan ma’no bo‘lib qoladi.
(H4477ממתקים) – mamtakkim – shakar, qandlar, shirinliklar.
(H3605וכלו) – ve xulloo‘ – va ayni, va barchasi, va hammasi.
(H4261מחמדים) – muxammadim – muhammad. Agar harakat o‘zgarsa, «marhamat, maftunkor, iltifot, xush muomala» degan ma’no bo‘lib qoladi.
(H2088זה) – ze – bu, mana, o‘sha.
(H1730דודי) – do‘diy – mahbubim, suyukligim, sevganim.
(H2088וזה) – ve ze – va mana, va bu, va o‘sha.
(H7453רעי) – ri’iy – do‘stim, ulfatim.
(H1323בנות) – benot – qizlar .
(H3389 ירושׁלם׃) – erushalam – Ierusalim (Quddus), tinchlik eri. Agar harakat o‘zgarsa, «tinchlik ta’limi» degan ma’no bo‘lib qoladi.Agar yuqoridagi gapning harakatlarini o‘zgartirib o‘qilsa, umuman boshqa ma’no chiqadi. Masalan:חכו ממתקים וכלו מחמדים זה דודי וזה רעי בנות ירושׁלם Kuting, qandlar va iltifotni, aqli va do‘stimning tog‘asi, Ierusalim qizlari!
Harflarning harakati yana o‘zgartirilsa, umuman boshqa ma’no xosil bo‘ladi.
Biroq yahudiy va masihiy olimlari faqat (H4261מחמדים) Muhammadim so‘zining harakatinigina o‘zgartirib o‘qishgan, xolos. Chunki boshqa so‘zlarning harakati ham o‘zgarsa, ma’no umuman o‘zgarib, iqtibosning o‘zidan oldingi jumlalarga bog‘liqligi qolmaydi.
Shu o‘rinda nima uchun «Muhammad» emas, «Muhammadim» deyilgan, degan savol tug‘ilishi mumkin. Gap shundaki, yahudiy tilida ham o‘zbek tilidagi kabi hurmat yuzasidan ko‘plik shaklini qo‘llash qoidasi bor. Bizning tilimizdagi «keldilar, ko‘rdilar» kabi «-lar» qo‘shimchasini qo‘shib, hurmat izhor qilish yahudiy tilida ham bor. Faqat bu qo‘shimcha fe’lga emas, otga, ya’ni bizning misolimizda ismlarga qo‘shiladi. Bu qo‘shimcha – hazrati Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlariga qo‘shilgan «-im» qo‘shimchasidir.
Demak, yahudiy tilida bir kishiga hurmat bajo keltirib, sizlanadigan bo‘lsa «-im» qo‘shimchasi qo‘shilar ekan. Bu qo‘shimcha bizdagi «-lar» qo‘shimchasining vazifasini aynan bajarar ekan. Bu narsani Tavrotning ruscha tarjimasida ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Tavrotdagi «Ibtido» kitobida quyidagilarni o‘qiymiz:
6 Xom nasli: Kush, Mizra, Put, Kan’on
13 Mizra nasli: Lud, Onom, Laxov, Naftux,
14 Patro‘s, Kasluv...  (10/6 bob. 13-14)Ayni shu oyatlarini rus tilidagi tarjimasi:
6 Sыnы Xama: Xush, Mitsraim, Fut i Xanaan.
13 Ot Mitsraima proizoshli Ludim, Anamim, Legavim, Naftuxim,
14 Patrusim, Kasluxim ...
E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu erda o‘zbek va rus tilidagi tarjimalarda farq bordek. Aslida esa farq yo‘q. Biroq, o‘zbek tili va yana ba’zi tillar tarjimasida «-im» qo‘shimchasi yordamida kerakli ma’noni bera olmaydi. Shuning uchun ismning o‘zi qoldirilgan. Bu ma’noni bersa bo‘ladigan boshqa tillardagi tarjimalarda esa hurmatni izhor qiluvchi «-im» qo‘shimchasi saqlab qolingan.
Demak, Alloh azza va jalla ahli kitoblarga oxir zamon Payg‘ambarini tanib olishlari uchun bashoratlar berib, u zotning ismi Muhammad bo‘lishi haqida ochiq-oydin xabar qilgan. Bahsimiz yakunida ahli kitoblarni insof va adolatga chaqirib, yuqorida zikr etilgan Tavrot oyatini asl ma’nosida o‘qiymiz: חכו ממתקים וכלו מחמדים זה דודי וזה רעי בנות ירושׁלם Xikko‘ mamtakkim, vexulloo‘ Muhammadim ze do‘diy ve ze ri’iy, benot erushalam!
Uning tili shakar, o‘zi esa ayni Muhammaddir. Mana mening suyukligim ‎kimdir va mana mening do‘stim kim, ey Quddus qizlari!‎ (Qo‘shiq, bob 5/16).Ikkinchi bashorat «Alloh Nabiylardan: «Sizlarga kitob va hikmat berganim uchun, ketingizdan sizlardagi narsani tasdiqlovchi Payg‘ambar kelganda, albatta unga iymon keltirasiz va yordam berasiz,–deb ahdu paymonlarini olib turib: –Iqror bo‘ldingizmi? Bu haqda ishonchli ahdu paymonimni qabul qildingizmi?» deganini esla. Ular: «Iqror bo‘ldik», deyishdi. U: «Bas, guvoh bo‘linglar, men ham guvoh bo‘luvchilardanman», dedi». (Oli-Imron surasi, 81- oyat) Ushbu oyati karimada ajoyib bir ko‘rinish vasf etilmoqda. Hamma Payg‘ambarlar Alloh taoloning huzurida to‘planishgan. Bu ulkan yig‘ilishda Alloh subhanahu va taolo Payg‘ambarlarning o‘zlarini guvoh qilib, o‘zi ham bu guvohlikka qo‘shilib, ulardan ishonchli, ta’kidlangan ahdu paymon olmoqda.
Demak, Payg‘ambar alayhissalomlar o‘z ummatlarini o‘zlaridan keyin keladigan Payg‘ambarga iymon keltirish va unga yordam berish ruhida tarbiyalab kelishgan. Ularning barchalari bir silsilaning xalqlaridir.
Ular o‘z qavmlariga kelajak payg‘ambarni tanib olishlari uchun Alloh ularga bildirgan bashoratlarni etkazishgan.
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:Ey ahli kitoblar! Batahqiq, sizlarga Payg‘ambarimiz keldi. U sizga kitobdan berkitib yurgan ko‘pgina narsalaringizni bayon qilib beradi. (Moida surasi, 15-oyat).Yahudiy va nasorolarga bu oyatda ta’kidlab aytilayotgan narsa–Allohning oxirgi Payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning nafaqat arab mushriklariga, balki dunyodagi boshqa barcha xalqlarga, shu jumladan, ahli kitoblarga ham Alloh tomonidan kelganliklaridir. Muhammad alayhissalomning yahudiylarga ham Payg‘ambar bo‘lib kelishlari xabari Tavrotda bor bo‘lib, ulardan ahd olinganda, u zotga iymon keltirish ahdi ham olingan edi. Shuningdek, u zoti bobarakot sollallohu alayhi vasallamni nasorolarga ham Payg‘ambar bo‘lib kelishlari xabari Injilda zikr qilingan bo‘lib, Alloh taolo nasorolardan ahd olgan paytida, u zot kelgan vaqtlarida iymon keltirish ahdi ham olingan edi. Ammo ulardan bu ahdga vafo qilganlar ham bo‘ldi, aksarlari esa xiyonatni o‘zlariga kasb etib olishdi.
Keling, ana shu bashoratlardan yana biri haqida to‘xtalib o‘tamiz. Ahmad «Iyso ibn Mariyam: «Ey Bani Isroil, albatta, men o‘zimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlovchi va mendan keyin keluvchi Ahmad ismli Rasulning bashoratini beruvchi, Alloh sizlarga yuborgan Payg‘ambarman», deganini esla». (Saf surasi, 6-oyat)
Bu oyatlarda Iyso alayhissalomning bashoratlari keltirilyapti.
Ammo sizlarga haqiqatni aytaman, Mening ketishim siz uchun foydalidir. Agar Men ketmasam, Yupatuvchi oldingizga kelmaydi. Agarda ketsam, Uni oldingizga yuboraman. (Yuhanno 16/7) Ajratib ko‘rsatilgan lafz Yupatuvchi bu yunon tilida Parakletos (Paracletos), agar shu lafzni Periklutos (Periclytos) deb o‘qilsa aynan, Ahmad lafzi vujudga keladi. Bu risolani tayyorlashda juda ko‘p musulmon va masihiy olimlarining (Paracletos) so‘zi haqida aytgan so‘zlari va sharhlarini o‘rganib chiqdim. Bu bashoratga men sal boshqacharoq yondoshishga harakat qildim. Bu o‘rganishim jarayonida oldingi musulmon olimlari fikriga qo‘shilgan holda yana boshqa bir yangi tasavvurga ega bo‘ldim. Hozir sizlar bilan shu fikrni baham ko‘raman.
 Allohim! Agar xato qilgan bo‘lsam, bu mening ojizligim, insonligimdan, mag‘firatingdan umid qilib qoldim. Allohim, agar to‘g‘ri topgan bo‘lsam, bu Sendan, karamingdan, marhamatingdan deb bildim.Avvalo masihiylar oldida bu bashorat borasida ikki yo‘l bor.
1. Bu bashorat Islom payg‘ambariga tegishli deb tan olish. Bu holda masihiy diniga yakun yasaladi.
2. Bu bashorat Muqaddas Ruhga tegishli deyish. Bu holatni ham o‘ziga yarasha chigalliklari bor.Birinchi yo‘lni tutgan juda ko‘p masihiy olimlari Islom dinini qabul qilishdi. Va bu bashorat to‘g‘risida ko‘pgina kitoblar yozishdi. Ulardan o‘rta asrlarda yashab o‘tgan Ispaniyalik rohib (svyatoy otets) Anselmo, Islomni qabul qilganidan keyin ismini Abdulloh deya e’lon qilgan va «Muxtasar Tuhfa al-Arib fi roddi ala ahli as-Solib» kitobini yozgan.O‘n to‘qqizinchi asrning yorqin olimlaridan, masihiy Lohut ilmi ustozi professor Devid Binyamin Kildaniy (Abdulahad Dovud Kildoniy) ham bu bashorat Islom payg‘ambariga tegishligini ta’kidlagan. Islomni qabul qilganidan keyin «Muhammad sollallohu alayhi vasallam yahudiy va masihiy muqaddas kitoblarida vorid bo‘lganidek» kitobini yozgan. Bulardan tashqari juda ko‘p masihiy olimlar buni aynan Muhammad alayhissalom haqlarida bashorat deya bilib masihiy diniga yakun yasab Islomni qabul qilishgan. Ikkinchi yo‘lni tutganlar esa, bu bashorat Muqaddas Ruhning havoriylarga tushishi bilan tamom bo‘lgan deyishadi. Havoriylar faoliyati 2 bob 1-4 oyatlar:«Hosil bayrami bo‘lganda, shogirdlarning hammasi yakdillik bilan bir joyda yig‘ilib turgan edilar. To‘satdan osmondan kuchli shamol esayotgandek bir shovqin keldi-yu, ular turgan uyni tamoman to‘ldirdi. Olovga o‘xshash alangalanib turgan tillar ularga ko‘rindi. Bular bo‘linib, ularning har biri us-tiga bittadan ko‘ndi. Hammalari Muqaddas Ruhga to‘lib, Uning berayotgan bashorati bilan yangi tillarda gapira boshlashdi». Shu oyat bilan bashorat amalga oshdi deyishadi. Yaxshi, shunday deb faraz qilaylik. Ammo, bir chigallik bor, Muqaddas Ruh Parakletos bo‘lsa, u tushib havoriylarni qamrab olgan bo‘lsa, havoriy Pavl (Pavlus) qaerda qoladi? Chunki u bu paytda havoriylar bilan emas edi. Balki, ularni ashaddiy dushmandlaridan bo‘lgan. Pavl anashu «Muqaddas Ruh»ga to‘lgan havoriylarning biri Stefanni toshbo‘ron qilib o‘ldirilishida bevosita ishtirok etgan va asosiy rol o‘ynagan edi.Havoriylar faoliyati 8 bob 1-3 oyat: «Stefanning o‘ldirilishini Shoul ma’qullagan edi. O‘sha kunning o‘zida Quddusdagi imonlilar jamoatiga qarshi keskin quvg‘in davri boshlandi. Havoriylardan boshqa hamma Yahudiya va Samariyaning har xil joylariga tarqab ketdilar. Ba’zi dindor odamlar Stefanni ko‘mib, u uchun katta yig‘i qildilar. Shoul esa imonlilar jamoatini talon-taroj qilar edi. Uyma-uy yurib, erkakmi, xotinmi, hammani sudrab qamoqxonaga berar edi». Shoul bu Pavlning oldingi ismi.
Demak, avliyo Pavl bu bashoratdan mahrum qolgan. Chunki, Yupatuvchini kelishi uchun Iyso alayhissalomni ketishi shart edi.
«Agar Men ketmasam, Yupatuvchi oldingizga kelmaydi». Iyso alayhissalom ketdi, o‘n kundan keyin, Yupatuvchi keldi ham. Oradan yillar o‘tgandan keyin Pavl «Menga Iyso zohir bo‘ldi.», deya iddio bilan chiqmoqda. Umuman olganda Pavl Iyso alayhissalomni hech qachon ko‘rgan emas. Havoriylar singari oldilarida yurib ta’lim olmagan. O‘sha «so‘ngi oqshom»da Iyso oldida bo‘lmagan, uni qo‘lidan «muqaddas non» emagan va «muqaddas sharob» ichmagan edi. Iyso uni oyoqlarini yuvib, duolar qilmagan. Lekin shunga qaramay masihiy dinining hozirgi ko‘rinishining asosiy «muallifi» bu Pavldir. Buni masihiy olimlari ham, musulmon olimlar ham, umuman masihiylik tarixini o‘rgangan barcha olimlar ta’kidlagan. Shuning uchun ham masihiylikni qaytadan ko‘rib chiqishga ehtiyoj seziladi. Bu bashoratni Muqaddas Ruhga ta’vil qilish, o‘zi shundoq ham chigalliklarga o‘ralashib qolgan masihiylikni yana katta bir chigallik girdobiga tashlaydi. Nima bo‘lganda ham «Paraklet»ni «Yupatuvchi»ni Muqaddas Ruhga ta’vil qilish to‘g‘ri kelmaydi. Bunga bir necha sabablar bor.Birinchidan Yupatuvchi bu sifat ism emas. Paraklet esa ismdir sifat emas. Chunki yunon tilida “os” qo‘shimchasi ismlarga qo‘shiladi, sifatlarga emas. Ikkinchidan Yunon tilida “U” uch hil siyg‘ada (muzakkar, muannas, o‘rta) siyg‘asida keladi. U (on) U (ona) U (ono). Muqaddas Ruh esa o‘rta (ono) siyg‘ada zikr qilinardi. Oyatda esa Yupatuvchi muzakkar (on) siyg‘asida zikr qilingan. Shuning uchun ham Yupatuvchi shaxs bo‘lishi kerak. Masihiylikning oldingi davrida (hattoki o‘rta asrlarda ham) hech kim Parakletosni Muqaddas Ruhga ta’vil qilmagan. Ular shaxs deb bilishgan. 187 yili Montinos ismli masihiy kishi o‘zini o‘sha bashorat qilingan payg‘ambar Parakletosman deb iddio qilib chiqadi. Undan keyin to‘rtinchi asrda Moni ismli masihiy ham o‘zini Parakletos deb e’lon qiladi. Iyso alayhissalom kabi o‘ziga o‘n ikki shogird, etmishta havoriy tanlaydi va boshqa shaharlarga yuboradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Parakletosni shaxs va payg‘ambar deb bilingan. Agar tarjimada xato qilingan deb e’tibor qilsak. Chunki ismlar tajimasida turli yo‘l tutilgan. Masalan protistantlarda (Barbos) deb yozilgan bo‘lsa, katoliklar kitobida (Baroba) deb keltirilgan. Shuningdek (Messiya)ni (Masix) deb, (Selun)ni (Seluh)deb keltirilgan. Muqaddas kitoblarni o‘zbek va rus tilidagi tarjimalariga qarasak ham shunday tarjimalarni kuzatami. Misol uchun Ibtido 10 bob 14 oyatda o‘zbek tarjimada Kasluv, bo‘lsa, rus tilida Kasluxim, deb keltirilgan. Shuningdek (Periklutos)ni (Parakletos) deb yozilgan bo‘lishi haqiqatga juda yaqin. U holda esa Qur’on zikr qilgan aynan (Ahmad) lafziga to‘g‘ri keladi. Injilda keltirilgan bu bashorat Muqaddas Ruh emas, balki Muhammad alayhissalom ekanliklariga yana bir dalil, Iyso alayhissalomning so‘zi: «Agar Men ketmasam, Yupatuvchi oldingizga kelmaydi». Chunki Muqaddas Ruh kelishi uchun Iyso alayhissalomning ketishlari shart emasdi. Muqaddas Ruh shundoq ham ular bilan birga edi. «Xudo ruhi suvlar uzra yurardi» (Ibtido 1/2) «Muqaddas Ruh seni ustingga tushib keladi» (Luqo 1/35) «Chaqaloqning otasi Zakariyo Muqaddas Ruhga to‘lib, bashorat qila boshladi» (Luqo 1/67) «O‘sha vaqtda Kuddusda Shim’o‘n nomli bir odam bor edi. U solih va dindor bo‘lib, Isroilning tasalli topish zamonini intizor bo‘lib kutar edi. Muqaddas Ruh esa unga yor edi. Mukaddas Ruh unga: «Sen Xudovand yuborgan Masihni ko‘rmaguningcha, o‘lmaysan», deb ilhom bergan edi. Shunday kilib, Shim’o‘n Muqaddas Ruh ta’sirida ma’badga bordi....” (Luqo 2/ 25-27.) «Maryam Muqaddas Ruhdan homilador ekani ma’lum bo‘ldi» (Matto 2/18) «va Muqaddas Ruh jism tusini olib, kaptar shaklida Uning ustiga tushib keldi» (Luqo 3/22) Ushbu oyatlardan ko‘rinib turibdiki, Muqaddas Ruh o‘sha paytlarda bo‘lgan. Uning kelishiga Iyso alayhissalomning ketishlari shart emasdi. Iyso alayhissalomni erga kelishidan oldin ham, kelganlaridan keyin ham, osmonga ko‘tarilib ketganlaridan keyin ham Muqaddas Ruh ularning oralarida bo‘lgan. Bundan tashqari Pavl juda ko‘p bor Iysoni ko‘rganligini iddio ham qilgan. Demak, Iyso alayhissalom ketib, Muqaddas Ruh kelganidan so‘ng, yana, Iyso alayhissalom zohir bo‘lgan. Birini kelishi uchun ikkinchisini ketishi hech ham shart bo‘lmagan. Shuning uchun ham “Parakletos”ni Muqaddas Ruhga ta’vil qilish to‘g‘ri emas. «Parakletos» deb tarjima qilingan bu lafzni asl suryoniycha lafzini keltirsak. Bu shunday «Mahonma» ya’ni «Maxoma» bo‘ladi. Yahudiylarning suryoniycha gaplashadiganlarining ko‘pchiliklari Ispaniyada yashashardi, ular Muhammadni Maxoma deb atashardi. Shuning uchun bo‘lsa kerak hozir ham Ispaniyada Muhammadni Mahoma deb atashadi. Bundan esa, agar «Parakletos» deyilsa Muhammad, «Periklutos» deyilsa Ahmad kelib chiqadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, masihiy tarixchisi Edvin Jons o‘zining «Masihiy dinining paydo bo‘lishi» kitobida «Parakletos» Muhammaddir. Lekin bu jumlalarni Islom zohir bo‘lgandan keyin, uni madaniyatidan ta’sirlanib muqaddas kitoblarga izofa qilingan deydi.
Demak, bu bashoratlar Muqaddas Ruhga taalluqli emas. Iyso alayhissalom bashorat qilgan shaxs Ahmad va Muhammad ismli Islom Payg‘ambari alayhissalomga tegishlidir.Uchinchi bashorat «Ey ahli kitoblar! Batahqiq, sizlarga Payg‘ambarimiz keldi. U sizga kitobdan berkitib yurgan ko‘pgina narsalaringizni bayon qilib beradi. Ko‘pginasini esa avf qiladi. Batahqiq, sizlarga Allohdan Nur va oydin Kitob keldi» (Moida surasi, 15-oyat). Yahudiy va masihiylarga bu oyatda ta’kidlab aytilayotgan narsa – Allohning oxirgi Payg‘ambarining sollallohu alayhi vasallam nafaqat arab mushriklariga, balki dunyodagi boshqa barcha xalqlarga, shu jumladan, ahli kitoblarga ham Alloh tomonidan kelganliklaridir. Muhammad alayhissalomning yahudiylarga ham Payg‘ambar bo‘lib kelishlari xabari Tavrotda bor bo‘lib, ulardan ahd olinganda, u zotga iymon keltirish ahdi ham olingan edi. Shuningdek, u zoti bobarakotni sollallohu alayhi vasallam masihiylarga ham Payg‘ambar bo‘lib kelishlari xabari Injilda zikr qilingan bo‘lib, Alloh taolo masihiylardan ahd olgan paytida, u zot kelgan vaqtlarida iymon keltirish ahdi ham olingan edi. Bu oyatda ularga o‘sha ahdnomada aytilgan Payg‘ambar darhaqiqat kelganligining xabarini berib turib, u zotning ahli kitoblarga qiladigan ba’zi ishlari ham aytilmoqda. Va yana Alloh tomonidan ularga «Nur» ya’ni «Islom» va «Kitob» ya’ni «Qur’on» kelganini ham ta’kidlanmoqda. Yahudiy va masihiylarning muqaddas kitoblarida oxirzamon payg‘ambarining ismi Ahmad bo‘lishi va u Islom dini bilan kelishi ochiq oydin zikr qilingan edi. Ular o‘sha va’da qilingan payg‘ambarni va u o‘zi bilan olib keladigan dinni kutib yashashardi. Qachonki Ahmad sollallohu alayhi vasallam Islom dini bilan ularning oralarida zohir bo‘lganlarida esa, aksarlari uni tan olishmadi va uning dinidan yuz o‘girishdi. Bu ham etmagandek muqaddas kitoblaridagi u haqidagi bashoratlarni berkitishdi, yo‘q qilishdi va boshqa ma’nolarga burib tarjima qilishdi.
Keling anashu bashoratlarning yana biri haqida to‘htalib o‘tamiz. AHMAD «Barcha xalqlarni titrataman, ularning xazinasi shu erga keltiriladi.” Sarvari Olam aytmoqda: “O‘shanda Men mana shu Ma’badni hashamat bilan boy qilaman.” Sarvari Olamning kalomi shudir: “Kumush Meniki, oltin ham Menikidir.” Sarvari Olam aytmoqda: “Bu Ma’badning keyingi shuhrati oldingisidan ham ulug‘roq bo‘ladi.” Sarvari Olamning kalomi shudir: “Mana shu erda tinchlik ato qilaman.”» (Xaggey 2/7-9.)Bu oyatlarda qanday bashorat bor ekan deb ajablanayotgan bo‘lsangiz kerak. Gap shundaki, muqaddas kitoblarning o‘zbek tili tarjimonlari ham ota bobolari (yahudiy va masihiylar) kabi haqiqatni berkitish, buzish, yo‘q qilishdan chetda qolishmagan. Ular ham ota bobolari kabi haqiqatni yashirish maqsadida, jumlani haqiqiy ma’nosidan burib boshqa ma’noda tarjima qilishgan.«Kitobni o‘z qo‘llari bilan yozib, so‘ngra uni arzon bahoga sotish uchun: «Bu Allohning huzuridan», deydiganlarga halokat bo‘lsin! Ularga qo‘llari bilan yozgan narsalaridan halokat bo‘lsin! Ularga topgan foydalaridan halokat bo‘lsin!» (Baqara-79) Tushunarli bo‘lishi uchun huddi shu jumlalarni rus tilidagi tarjimasini keltirimiz. «I potryasu vse narodы, i pridet Jelaemыy vsemi narodami, i napolnyu dom sey slavoyu, govorit Gospod Savaof. Moe serebro i Moe zoloto, govorit Gospod Savaof. Slava sego poslednego xrama budet bolshe, nejeli prejnego, govorit Gospod Savaof; i na meste sem Ya dam mir, govorit Gospod Savaof.» (Xaggey 2/7-9.) Avvalo bu bashorat borasida yahudiy va masihiylarning fikrlarini bilib olsak. Ular bu oyatlar Ibrohim, Ya’qub, Muso, Dovud va boshqa payg‘ambarlarga va’da qilingan o‘sha buyuk payg‘ambar haqidagi bashorat ekanligini ta’kidlaganlar. Yahudiylar nazari bo‘yicha u payg‘ambar hali kelmagan, mudom uni kutishmoqda. Masihiylar esa bu bashorat Iyso alayhissalomga tegishli deya olamlarga jar solib yotishibdi.Endi oyatlarni o‘ziga nazar tashlaylik. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz (i pridet Jelaemыy vsemi narodami) oyati o‘zbek tilida (ularning xazinasi shu erga keltiriladi) deb tarjima qilingan. Yana e’tibor bergan bo‘lsangiz “Jelaemыy” so‘zi katta xarf bilan yozilgan. “Jelaemыy” esa o‘zbek tilida “Istalgan, Orzu qilingan, Kutilgan” ma’nolarni bildiradi. Katta xarfda yozilishidan bu shaxs ekanligi bilinadi. Bundan esa (Va barcha halqlarning Kutilgani keladi) degan tarjima kelib chiqadi. Nima bo‘lganda ham, bu oyatlar ibroniychadan boshqa tillarga qilingan barcha tarjimalari har xil ma’no kasb etgan. Aslida atoqli ismlar tarjima qilinmasligi kerak edi. Atoqli ismlar qaysi tilda bo‘lsa ham o‘z holida yozilishi talab qilinardi.Misol uchun masihiylik asoschilaridan sanalgan Avliyo Pavlning ismini olaylik. “Pavl” o‘zbek tilidagi tarjimasi “kichik” bo‘ladi. Rus tilida “malenkiy” bo‘ladi. Boshqa tillarda ham o‘ziga munosib tarjimada bo‘ladi. Lekin atoqli ism bo‘lgani uchun barcha tillarda “Pavl” deyiladi, tarjima qilinmaydi. “Jelaemыy” yoki “Kutilgani” lafzini asl ibroniycha yoki aramiychasi (חמדח) (HiMiDDah) bo‘lib ya’ni arab tilidagi (Ahmad) siyg‘asini aynan o‘zidir. Bu ikki til ham somiy (semit) tillari turkumiga kirib, siyg‘a va ma’no jihatidan bir biriga juda yaqinligi e’tirof etilgan. Shuning uchun ham bu lafz tarjima qilinmay o‘z holicha qoldirishi kerak edi. Ya’ni bu oyatning haqiqiy tarjimasi quyidagicha bo‘lishi lozim:«Va barcha halqlarning Ahmadi keladi»Barcha halqlarning Ahmadi deyishdan murod esa, bu kelajak payg‘ambar hamma halqlarga birday payg‘ambar bo‘lib yuborishligidan dalolatdir. Chunki oldingi payg‘ambarlar o‘z qavmi yoki qabilasining o‘zigagina yuborilgan edilar. Ibrohim, Ya’qub, Muso, Dovud alayhissalomlar va hattoki Iyso alayhissalom ham o‘z qavmlarigagina payg‘ambar bo‘lib yuborilgan edilar.«Iso esa javob berib: – Men faqat Isroil xalqining adashgan qo‘ylari huzurigagina yuborilganman, – dedi» (Matto 15/24.) Mana bu Iyso alayhissalomning e’tirofi. Va yana Iyso alayhissalom o‘n ikki havoriysiga ham shunday ko‘rsatma bergan edi.«Iso o‘n ikki havoriysini jo‘natayotib, ularga quyidagicha ko‘rsatmalar berdi: “Majusiylar yashaydigan joylarga oyoq bosmanglar, samariyaliklarning shaharlariga kirmanglar. Aksincha, adashgan qo‘ylarga o‘xshagan Isroil xalqi oldiga boringlar» (Matto10/5-6)Ahmad sollallohu alayhi vasallam esa barcha halq va elatlarga payg‘ambar qilib yuborilganlar.«Sen: «Ey odamlar, albatta, men sizlarning barchangizga, osmonlaru erning mulki Uniki bo‘lgan, Undan o‘zga iloh yo‘q bo‘lgan va tiriltirib o‘ldiradigan Allohning Payg‘ambaridirman. Bas, Allohga hamda Uning Alloh va Uning kalimalariga iymon keltiradigan ummiy elchisiga – Payg‘ambariga iymon keltiring. Va unga ergashing, shoyadki hidoyat topsangiz», deb ayt». (A’rof surasi, 158-oyat).
Avvalgi Payg‘ambarlar o‘z qavmlari va o‘z zamonlariga, o‘zlaridan so‘ng yangi Payg‘ambar kelguncha bo‘lgan davrga Payg‘ambar bo‘lganlar. Ular insoniyat tarixining ma’lum bir davri uchun mas’ul bo‘lganlar. Ammo Islom Payg‘ambari Ahmad sollallohu alayhi vasallam butun olam xalqlariga va qiyomatga qadar kechadigan zamonlarga Payg‘ambar bo‘lib keldilar. U kishi keltirgan Islom shariati vaqt o‘tishi bilan eskirib qolmaydi, balki barcha vaqt va makonga salohiyati bor shariatdir. Shuning uchun ham Ahmad sollallohu alayhi vasallamga butun insoniyatga qarata, men barchangizga Payg‘ambarman, deb aytish huquqi berilgan.
Yuqoridagi muqaddas kitob bashoratining ikkinchi qismiga qarasak, bu bashorat Islom payg‘ambariga tegishli ekanligi yanada oydinlashadi.
«Sarvari Olamning kalomi shudir: «Mana shu erda tinchlik ato qilaman». (Xaggey 2/9.)
Bu erda tinchlik deya tarjima qilingan lafz ibroniycha (Shalum) bo‘lib, arabchada esa (Salom yoki Islom) degan ma’noni bildiradi.
Ibroniy va arab tillarida bir hil ma’noni, ya’ni tinchlik va taslim bo‘lishni bildiradi.
Shuning uchun ham bu bashorat faqat va faqat Islom dini bilan kelgan Ahmad (Muhammad) sollallohu alayhi vasallam tegishlidir.
Bu oyatlarning haqiqiy tarjimasi quyidagicha bo‘ladi:
« Barcha xalqlarni titrataman, va barcha halqlarning Ahmadi keladi.....» (Xaggey 2/7.)
«Sarvari Olamning kalomi shudir: “Mana shu erda Islomni ato qilaman» (Xaggey 2/9.). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:12 | Savol-javoblar | 309 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar