Faqat bomdod namozini o‘qish mumkinmi?
Assalamu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari. Hazrat biz ishxonada namozlarni ba’zan jamoat bo‘lib o‘qiymiz, agar ishimiz ko‘payib ketsa galma-gal o‘qib kelamiz. Bu erda faqat bomdod namozini o‘qiydiganlar ham bor. Hazrat ular so‘rashimni iltimos qilishdi, musofirchilikda faqat bomdod bilan kifoyalanish mumkinmi? Keyinroq albatta to‘liq o‘qishlik sharti bilan. Bizlarga berayotgan yordamlariz uchun katta rahmat. Alloh rozi bo‘lsin sizdan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Musofirchilikda faqat bomdod bilan kifoyalanish mumkin. Besh vaqt namozni o‘z vaqtida o‘qish farzdir. Bomdodni o‘qisa, o‘sha namozni o‘qish farzini ado etgan bo‘ladi. Ammo boshqa namozlarning farzi turaveradi. Ularni ham vaqtida o‘qish kerak. Bomdodni o‘qish juda yaxshi ish. Boshqa namozlar undan oson. Ularni ham o‘qish kerak. Hech kim birorta farz yoki vojib namozni o‘qimay qo‘ysa bo‘ladi degan fatvoni bera olmaydi.
20 Aprel 2022, 21:03 | Savol-javoblar | 248 | Namoz