Tahajjud

Assalamu alaykum! "Zikr ahlidan so‘rang hay’ati" uztozlari va xodimlari. Men taqvo va solih amallarni mahkam tutishlikni jazm qilganman. Ma’lumki tahajjudni taqvodor mo‘minlar uyqularidan voz kechib o‘qishadi. Men har kuni 4 rak’at namoz o‘qiyman va o‘zimni kuni bilan engil his qilaman. Lekin bir xaftalarda yoki undan ko‘proq vaqt o‘tib yoki etmay, charchab qolaman. O‘sha vaqtlarda to‘xtataman. Iltimos biror bir tartib bilan o‘qishni maslahat beringizlar. Rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Charchab qolgan kunlaringizda xuftonni o‘qib, vitrdan avval tahajjud niyati bilan o‘qib oling. Ibni Obidin “Roddul muhtor” kitobida : “Xufton namozidan keyin o‘qilgan har bir nafl tahajjuddir” deganlar. Bunday qilish butunlay qoldirgandan afzal.  Vallohu a’lam.

1 May 2022, 21:23 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar