Gunoh kabiralar kechirilishi

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Qur’ondagi qaysi surani o‘qisa do‘zax azobidan panox bo‘ladi?
2). Tasbex namozini o‘qisa gunoh kabiralari kechirilib onadan yangi tug‘ilgandek pok bo‘ladimi?
3). Istig‘for aytsa ham gunoh kabiralar kechiriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Shariatimiz nasorolar shariatidan farq qiladi. Dinimizda gunohlarni qilib-qilib bir sura yoki bir duoni o‘qib gunohdan qutilib ketish degan narsa mutloq yo‘q. Inson balog‘atga etganidan oxirgi nafasigacha gunohdan saqlanishga, gunohni qilib qo‘ysa astoydil tavba qilib, qaytib o‘shani qilmaslikka buyurilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam do‘zaxdan panoh so‘rab عن أنس رضي الله عنه ، قال : قال النبي صلى الله عليه وسلم : " من سأل الله الجنة ثلاث مرات قالت الجنة اللهم أدخله الجنة ، ومن استجار من النار ثلاث مرات قالت النار اللهم أجره من النار  رواه الترمذي Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   “Kim uch bor Alloh taolodan jannatni so‘rasa jannat: “Allohim uni jannatga kirgizgin” deydi. Kim uch bor do‘zaxdan panoh so‘rasa, do‘zax: “Allohim uni do‘zaxdan saqlaging” deydi” dedilar. Termiziy rivoyati. عن الحارث بن مسلم التميمي قال : قال لي رسولُ اللهِ صلَّى اللهُ عليهِ وسلَّمَ : إذا صلَّيتَ الصبحَ فقل قبل أن تكلمَ أحدًا من الناسِ: – اللهمَّ أجرني من النارِ – سبعَ مراتٍ، فإنك إنْ مِتَّ من يومِك ذلك كتبَ اللهُ لك جِوارًا من النَّارِ، وإذا صلَّيتَ المغربَ فقل قبلَ أن تكلمَ أحدًا من الناسِ: – اللهمَّ إني أسألُك الجنَّةَ أجرني من النارِ – سبعَ مراتٍ فإنك إنْ متَّ من ليلتِك كتب اللهُ لك جِوارًا من النَّارِ. رواه ابن كثير في جامع المسانيد والسنن Horis ibn Muslim Tamimiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga : “Bamdod namozini o‘qiganingda odamlarga biror narsa deyishdan avval etti bor “Allohumma ajirnii minannnaar” degin. Agar o‘sha kuni vafot topsang Alloh taolo senga do‘zaxdan panoh topganlikni yozib qo‘yadi. Shom namozini o‘qiganingda odamlarga biror narsa deyishdan avval etti bor “Allohumma inni as’alukal jannata ajirnii minannnaar” degin. Agar o‘sha kecha vafot topsang Alloh taolo senga do‘zaxdan panoh topganlikni yozib qo‘yadi” dedilar. Ibn Kasir “Jami’ul masaaniyd” va “as-sunan”da rivoyat qilgan. Ko‘plab rivoyatlarda esa “Allohumma ajirnii minannnaar” kelib, jannatni so‘rash kelmagan. 3). Tavba shart. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/39309

30 Aprel 2022, 04:36 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar