Bu pullarni nima qilsam bo‘ladi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Tashakkur, yana bir bor tarmoq tijoratidan kelgan daromaddan foydalanishim mumkin emasligi hukmini qimmatli vaqtingizni ajratib etkazganingiz uchun. Endigi savollarim. 1. To‘yim deyarli tarmoq daromadidan bo‘lgan. Oilamizda mavjud barcha uy jihozlari kiyimim ham shundan. Ayolimning mahriga berganim hozir ham qo‘lida bo‘lgan bir nechta tilla taqinchoqlar ham. Mavjud chorvam ham. Ayni damda turmush vositam bo‘lgan har bir jihoz. Bularning har biriga tegishli hukm qanday? 2. Oshxona uchun olgan jihozlarimni nima qilay? 3. Hisob raqamimga bundan keyin ham bir necha yil davomida tarmog‘imdagilardan har oyda ma’lum so‘mma daromad chiqishini taxmin qilishim mumkin. Bu daromadni nima qilay?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘tganiga tavba qiling. Nadomat cheking. Endi qilmaslikka azmu qaror qiling. Hisob raqamiga tushadigan pullarni kambag‘allarga bering.
30 Aprel 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar