Ruzadan niyat va savob
Assalomu alaykum muxtaram ustoz. Savolim bor edi.Men yakin kunlargacha ramazondan boshka kunlarda ruza tutmas edim. Bu xakida bilim va gayratim bulmagandi. Yakinda ruza va tibbiyotda utkaziladigan ochlikning organizmga katta foydasi borligini bildim. Oshkozon, ovkat xazm kilish organlari va umuman, xamma a’zolarimiz ruza va kun buyi fakat suv ichish bilan utkaziladigan ochlik davomida xam dam olar ekan, xam kasallanganlari kayta tiklanar ekan. Buni bilganimdan keyin ochlikni kamrok utkazib, imkon bulganda dushanba va payshanba kunlari ruza tutishga xarakat kilyapman. Sunnat amalning tibbiy foydasini bilmagan paytlarimda ruza tutishga e’tibor kilmay, endi, sogligimni tiklashni uylab (lekin Rasuli Akram s.a.v. ga ergashib dushanba, payshanba kunlari) tutayotgan ruzalarimda savob bormi? Yoki fakat tibbiy foyda uchun tutgan bulamanmi? Ikkilanib koldim, uzimni aldayotganga xam uxshayman.Javobingizni kutib kolaman. Allox sizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga ergashishni niyat qiling, ham savob, ham sog‘liq bo‘ladi.
27 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 153 | Ro‘za
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga ergashishni niyat qiling, ham savob, ham sog‘liq bo‘ladi.
27 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 153 | Ro‘za