Qabrga qo‘yishdagi voqea
Assalomu-alaykum hurmatli Shayx hazratlari.Men onamni qabrga qo‘yayotganimda biroz najosat hidini sezdim. Tobutni machitga va qabristonga eltish chog‘ida qancha avaylab e’zozlashimizga qaramasdan, qabrga tushirayotganda balki shu narsa sodir bo‘lgandir. Meni qiynayotgan savol, xudojo‘y, dindor onam shu voqea tufayli u dunyoga tahoratsiz ketib qolgan hisoblanib qolmaydilarmi? Bunday holda nima qilish kerak edi?Javobingiz uchun oldindan samimiy minnatdorchiligimni bildirgan holda, umringiz uzoq, sog‘ligingiz mustahkam bo‘lishini tilab qolaman.Hurmat bilan, Bek.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday holat bo‘ladi. Siz qiynalmang. Onaningizni Alloh rahmat aylasin. U kishining haqlariga duo qiling.
30 Aprel 2022, 05:53 | Savol-javoblar | 147 | Boshqa ibodatlar