Haqni ado qilish
Assalomu alaykum! Sizlarga murojaat qilishimning asosiy sababi o‘zga yurtda yashayotgan 2ta o‘zbek oilalari bilan sodir bo‘lgan vaziyat bo‘ldi. Bir kuni 1-oilaning mashinasini 2-oila vakilasi hech kimdan ruxsat so‘ramasdan (ya’ni mashinani haydasam maylimi? demasdan), ogohlantirmasdan haydab ketadi va yo‘lda katta avtohalokat sodir qiladi. Alhamdulillah ichidagi insonlar sog‘. Lekin mashina achinarli ahvolda (sug‘urta vakillari ham tuzatishga imkon yo‘q deb baholashgan). Egasi bo‘lgan 1-oilaga avtohalokatdan so‘nggina e’lon qilishadi. 1-oila a’zolari bunday vaziyatdan tabiiyki "Shok"ga tushishadi. Chunki e yo‘q be yo‘q mashinangiz dabdala bo‘ldi degan xabardan. Masala haqni shar’iy yo‘l bilan qanday talab qilish va ado qilish haqida? Buning orqasidan boshqa zararlari ham bor. 1- Ya’ni u erda mashinani sug‘urta qilishda chegirmalar bo‘ladi(yaxshi haydovchilarga). Shu voqea sabab 1-oilaning sug‘urtalash narxi yana oshiriladi, ya’ni 3 yil ichida 1800$ ko‘p to‘laydi, sababi uning mashinasi avariya bo‘ldi. 2- Boshqa mashina sotib olganda qo‘shimcha soliq to‘lanadi (qanchadur). 1-oilaning mashinasi holatidaqa mashinalar 18000$-19000$ atrofida ekan.(Holati deganda yili va tashqi ko‘rinishidagi chaqa-chuqalari. Lekin mexanik qismlari avariya bo‘lmagan, a’lo darajada). Undan yaxshiroq holatdagi (ya’ni yili yangi va tashqi ko‘rinishi a’lo. Ular ham avariya bo‘lmagan) mashinalar 23000$-25000$ atrofida. Yana u yurtda aniq tekshirilgan mashinalar maxsus Avtosalonlardan olinar ekan. (Avtosalonlardagilar kafolatli va mashina tarixi aldovlarsiz to‘liq ma’lumoti bilan). Maxsus avtosalonlardan olinmagan mashinalarni auktsionda arzonga olsa bo‘larkan, lekin u mashinalarga kafolat yo‘q ekan (bulari berkitincha remont qilingan va aybli mashinalar, suvda cho‘kkan va x.k). 1-oila mashinasini maxsus avtosalondan olishgan ekan. 1-oila maxsus avtosalonlardan o‘zga joylardan mashina olmayman, chunki ularga kafolat yo‘q, mashinada esa mening oilam xavfsiz bo‘lishini istayman deyabdi. 1. Endi 1-oila xuddi o‘zinikiga yaqin holatdagi mashina (rusumi bir xil)ni maxsus avtosalonlardan topib oldirishga haqqi bormi? 2. Sug‘urta masalasidagi zararni qoplashchi? Kimning zimmasiga? 3. Olingan mashinani qo‘shimcha soliqlarichi? Uni kim to‘laydi? Qanday talab qilinishi va qanday ado etilishi kerak? Shariatning hukmi qanday? (Qo‘shimcha ma’lumot: Voqea sodir bo‘lgan joyga politsiya ham kelgan. 2-oilaning iltimosi bilan va o‘zga yurtdagi musulmon birodarim katta zararga kirib ketmasin deb 1-oila a’zosi Politsiyaning "ruxsat berganmisiz?" degan savoliga, "Ha men ruxsat berganman" deb yolg‘on guvohlik beradi. Agar rostini (ya’ni "ruxsat so‘ramasdan" haydab ketgan deb) aytganda 2-oila a’zosini qamab qo‘yib katta jarimaga tortardi. 1-oilaning guvohligi asosida sug‘urta ham mashinaning ma’lum bir qism (ya’ni 11600$)ni qoplab beribdi ) 2-oila nimalarni to‘lab berishi kerak? Va 1-oilaning talabi asoslimi? zararni zarar etkazgan to‘laydi. Uning zimmasida.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hamma zararni zarar etkazgan to‘laydi. Uning zimmasida. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 05:10 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hamma zararni zarar etkazgan to‘laydi. Uning zimmasida. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 05:10 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat