Axborot olami
Assalomu alaykum! Ustozlar, hozir axborot olamiyam umrni bexuda sarflashga boshni bexuda narsalar bilan to‘ldirishga o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda. Foydali jixatlariyam bor albatta, endi savolga o‘tsam: shu axborotlarni ko‘riyotganimizda, eshitayotganimizda o‘qiyotganimizda malum bir shaxsni hayoti yoki kamchiligi yoki o‘sha shaxs bilan sodir bo‘lgan voqea haqida gap ketayotgan bo‘lsa, bu ham g‘iybatga kiradimi? Buni ko‘rib, eshitib biz xam sherik bo‘lib qolmaymizmi? Shu gunohga, axborotchilar mazkur axborot ketayotgan shaxsdan ruxsat olmaydi. Shu narsalar haqida bizga bayon qilsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Juda dolzarb savolni beribsiz. Hozirgi kunda axborot vositalarida bandaning o‘zi bilan Allohning o‘rtasidagi ayblarini ham aytib sharmanda qilish, xatodan tuhmat qilish, bo‘lmagan narsalarni bo‘rttirish, pokiza insonlarni johillar oldida sharmanda qilish urf darajasiga kirib qoldi. Alloh taolo “Isro” surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَقْفُ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ إِنَّ السَّمْعَ وَالْبَصَرَ وَالْفُؤَادَ كُلُّ أُولئِكَ كَانَ عَنْهُ مَسْؤُولاً 36. O‘zing bilmagan narsaga ergashma! Albatta, quloq, ko‘z va dil – ana o‘shalarning barchasi so‘ralajak narsalardir. Islom har bir narsani ilmiy asosda olib borishga da’vat qiladi. Bilmagan narsadan chetda bo‘lishga chaqiradi. «O‘zing bilmagan narsaga ergashma!» Har bir narsani ochiq-oydin va aniq bilib olgachgina unga ishonish va u haqida hukm chiqarish kerak. Gumon bilan, birovning gapiga ishonib, turli noaniq ishoralarga suyanib hukm chiqarish musulmonlarga xos emas. Bilgan narsasini boricha etkazish ham omonatdir. Quloq nima gapni eshitsa, xiyonat qilmay, o‘sha gapni aniq etkazishi kerak. Ko‘z bir narsani ko‘rsa, o‘sha o‘zi ko‘rib-bilgan narsaga xiyonat qilmay, u haqda ochiq-oydin ma’lumot berishi kerak. Shuningdek, dil nimani idrok etsa, o‘sha narsani aniqlik bilan etkazmog‘i zarur. Bu a’zolarning bilgan, idrok etgan har bir narsasi ilmiy omonat sanaladi. Omonatga xiyonat qilmaslik katta mas’uliyat hisoblanadi. Ko‘z ham, quloq ham, dil ham har bir narsadan mas’uldir. Bu dunyoda bo‘lmasa, u dunyoda albatta mas’uldir. Ayniqsa, oxiratdagi ana o‘sha mas’uliyat musulmonlarni ilmiy omonatga hech xiyonat qilmaslikka undagan. Ular doimo bilganlari haqida to‘g‘ri ma’lumotlar berganlar. Ushbu oyati karimaga o‘xshash oyatlar, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislari ularni doimo ilmiy omonatga xiyonat qilmay, to‘g‘ri ma’lumotlar berishga chorlab kelgan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining bir hadislarida: «Gumondan ehtiyot bo‘linglar, chunki gumon eng yolg‘on so‘zdir», – deganlar. وَلاَ تَمْشِ فِي الأَرْضِ مَرَحًا إِنَّكَ لَن تَخْرِقَ الأَرْضَ وَلَن تَبْلُغَ الْجِبَالَ طُولاً 37. Er yuzida kibru havo ila yurma! Albatta, sen zinhor erni teshib yubora olmaysan va zinhor balandlikda tog‘larga eta olmaysan! ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Yorqinjon domla Fozilovning “G‘iybat o‘zi nima” nomli kitobini olib o‘qing. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 182 | Dolzarb savollar