Kitoblarni o‘qiganimda bo‘layotgan tushunmovchilik

Assalomu alaykum! Men yaqinda «Saodat asri qissalari»ni o‘qib tugatdim hozirda «Oltin silsila» turkumini o‘qib boryamman. Kitobdagi bazi hadis va rivoyatlarda uchraydigan so‘zlar meni o‘ylantiradi. Barchamizga ma’lumki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jamiki maqtalgan axloqlarni o‘zida mujassamlashtirgan zotdirlar. U zotning barcha harakatlari insoniyat uchun andoza, barcha so‘zlari purhikmatdir. Lekin ayrim hadislarda u zotning «burninng erga ishqalgur» yoki «ota onang ko‘kingni kiysin» va shunga o‘xshash so‘zlarni ishlatganlarini guvohi bo‘lyapman. Avvaliga burning erga ishqalgur deganlarini namoz o‘qigin degan ma’noda bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Keyingilariga biror ma’no uqolmadim. Aytingchi men tushunolmayotgan so‘zlarning hikmati nimada?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bashar bo‘lganlar. Holat taqozosi bilan ba’zi bir siz o‘qigandek so‘zlarni aytganlar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ سَمِعَ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: اللَّهُمَّ فَأَيُّمَا مُؤْمِنٍ سَبَبْتُهُ فَاجْعَلْ ذَلِكَ لَهُ قُرْبَةً إِلَيْكَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Allohim! Qaysi bir mo‘minni koyigan bo‘lsam, buni qiyomat kuni uning uchun Senga qurbat qilgin!» deyayotganlarini eshitganman». عن جابر بن عبد الله رضي الله عنهما أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: إِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ ، وَإِنِّي اشْتَرَطْتُ عَلَى رَبِّي عَزَّ وَجَلَّ : أَيُّ عَبْدٍ مِنْ الْمُسْلِمِينَ سَبَبْتُهُ أَوْ شَتَمْتُهُ أَنْ يَكُونَ ذَلِكَ لَهُ زَكَاةً وَأَجْرًا رواه مسلم Jobr ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Men ham basharman, Robbim Azza va Jalla bilan musulmonlardan birortasini so‘kib yoki haqoratlab qo‘ysam, uni o‘sha musulmon uchun poklovchi va ajr qilishini shartlashdim” dedilar. عن أنس بن مالك رضي الله عنه قال : كَانَتْ عِنْدَ أُمِّ سُلَيْمٍ يَتِيمَةٌ - وَهِيَ أُمُّ أَنَسٍ - فَرَأَى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْيَتِيمَةَ فَقَالَ : آنْتِ هِيَهْ ، لَقَدْ كَبِرْتِ لَا كَبِرَ سِنُّكِ  ، فَرَجَعَتْ الْيَتِيمَةُ إِلَى أُمِّ سُلَيْمٍ تَبْكِي ، فَقَالَتْ أُمُّ سُلَيْمٍ : مَا لَكِ يَا بُنَيَّةُ ! قَالَتْ الْجَارِيَةُ : دَعَا عَلَيَّ نَبِيُّ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ لَا يَكْبَرَ سِنِّي ، فَالْآنَ لَا يَكْبَرُ سِنِّي أَبَدًا ، فَخَرَجَتْ أُمُّ سُلَيْمٍ مُسْتَعْجِلَةً تَلُوثُ خِمَارَهَا حَتَّى لَقِيَتْ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، فَقَالَ لَهَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : ما لَكِ يَا أُمَّ سُلَيْمٍ ؟!  ، فَقَالَتْ : يَا نَبِيَّ اللَّهِ ! أَدَعَوْتَ عَلَى يَتِيمَتِي ؟ ، قَالَ : ( وَمَا ذَاكِ يَا أُمَّ سُلَيْمٍ ؟!) ، قَالَتْ : زَعَمَتْ أَنَّكَ دَعَوْتَ أَنْ لَا يَكْبَرَ سِنُّهَا وَلَا يَكْبَرَ قَرْنُهَا ، قَالَ : فَضَحِكَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، ثُمَّ قَالَ : ( يَا أُمَّ سُلَيْمٍ ! أَمَا تَعْلَمِينَ أَنَّ شَرْطِي عَلَى رَبِّي أَنِّي اشْتَرَطْتُ عَلَى رَبِّي فَقُلْتُ : إِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ أَرْضَى كَمَا يَرْضَى الْبَشَرُ ، وَأَغْضَبُ كَمَا يَغْضَبُ الْبَشَرُ ، فَأَيُّمَا أَحَدٍ دَعَوْتُ عَلَيْهِ مِنْ أُمَّتِي بِدَعْوَةٍ لَيْسَ لَهَا بِأَهْلٍ أَنْ يَجْعَلَهَا لَهُ طَهُورًا وَزَكَاةً وَقُرْبَةً يُقَرِّبُهُ بِهَا مِنْهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ  رواه مسلم Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Anasning onasi Ummu Sulaym huzurida bir etim qizcha bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni ko‘rib: «Sen o‘shami? Batahqiq, katta bo‘lib qolibsan, yoshing ulg‘aymasin!» dedilar. Etim qiz yig‘lagan holda Ummu Sulaym huzuriga qaytib keldi. Shunda Ummu Sulaym: «Ey qizcham, senga nima bo‘ldi?» dedi. Qizcha: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam meni duoibad qilib yoshim ulg‘aymasligiga duo qildilar. Endi hech qachon yoshim ulg‘aymaydi», yoki: «Qarnim(yoshim)»,-dedi. Bas, Ummu Sulaym shoshilib, boshiga ro‘mol o‘rab chiqdi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan uchrashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Senga nima bo‘ldi ey Ummu Sulaym?»-dedilar. U: «Ey Allohning Nabiysi, mening etimimni duoibad qildingizmi?»-dedi. U zot: «Bu nimasi, ey Ummu Sulaym?»-dedilar. «Siz uni yoshi ulug‘, umri uzun bo‘lmasligiga duo qilibsizku»,-dedi. Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kuldilar, so‘ng: «Ey Ummu Sulaym, sen meni Robbim bilan   shartlashganimni bilmaysanmi? Men Robbim bilan shartlashib: «Men ham basharman, bashar rozi bo‘lganidek men ham rozi bo‘laman va u g‘azab qilganidek men ham g‘azab qilaman. Shuning uchun ummutimdan qay birini duoibadimga loyiq bo‘lmasidan uni duoibad qilsam, bas, sen uni u uchun poklovchi, zakot va qiyomat kuni o‘zinga yaqinlashtiruvchi qurbat qilgin»,-deganman»,-dedilar». (Muslim rivoyati). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 07:30 | Savol-javoblar | 146 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar