Ota qizini o‘psa

Assalamu aleykum va raxmatullohi va barokotuh.Men So‘fi Olloyor yozgan kitob "Maslak ul-Muttaqiyn"da o‘qigandimki,ota balog‘atga etgan qizini o‘psa qizning onasi otaga harom bo‘lar ekan,shaxvat birla bo‘lsa ham,bo‘lmasa ham,agar boshida ro‘mol bo‘lsayu,boshidan o‘psa ham.Shu masalada siz nima deysiz domla?Shu haqda rivoyat bormi,yoki bunga aks rivoyat bormi?Javobingiz uchun oldindan raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Abu Dovud, Termiziy va boshqalar keltirgan rivoyatda Oisha onamiz roziyallohu anho quyidagilarni aytadi: «Ko‘rinishda, haybatda, o‘zini tutishda, o‘tirish va turishda Fotimachalik Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga o‘xshash odamni ko‘rmadim. Agar u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirsa, u zot o‘rinlaridan turib, o‘pib kutib olar va o‘z o‘rinlariga o‘tkazar edilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uning oldiga kirib qolsalar, u turib u zotni o‘pib kutib olar va o‘z o‘rniga o‘tkazar edi».

30 Aprel 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar