Oylik ish xaqini oshirish to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Ishchi xodimlar ishga kirishda raxbar belgilagan oylik ish haqiga rozi bo‘lib kirishgan va o‘shanda kelajakda oyliklarning oshirilishi to‘g‘risida gap-so‘z bo‘lmagan (ya’ni ishga olganini o‘zi katta gap bo‘lgan). Korxona esa yildan yilga rivojlanib ketgan. Ayni damda bozordagi narxlar ham oshgan. Xodimlar ishdan xaydalishidan xavfsirab oylik oshirishni so‘rolmaydi. Shu holatda bir qancha vaqtdan buyon boshliqlarning maoshlar oshirilishiga bee’tibor bo‘lishi ishchi-xizmatchilarning haqqini ado etmaslikka kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ado etmaslikka kiradi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar