Asal arichilik
Assalomu alaykum! Hrmatli zikr ahli, bo‘sh vaqtimda asalarichilik bilan shug‘ullanaman. Asal ari shifobaxsh asal beradi, uning hatto chaqishi ham insonga foydasi bor ekan. Lekin asalarichilik ishi tadbirlari bo‘yicha, erkak asal arilarni birma-bir tutib o‘ldiraman, urug‘ ochib chiqmoqchi bo‘lgan erkak arilar urug‘ining boshini kesaman. Ayrim arichalar meni chaqib, o‘zi o‘lib qoladi, ayrimlarini chaqmasin deb o‘ldirib qo‘yaman. Bu ishlarni asalarichilik ishi taqozo etadi. Agar shunday qilinmasa, erkak arilar ko‘payib, asalni ko‘p iste’mol qilib, o‘z oilasini tanazzulga olib kelishi mumkin yoki asal arilar ko‘payish asnosida qochib, chiqib ketishlari mumkin. Bunday arilarni o‘ldirishim gunoh bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Isloh maqsadda bo‘lgani uchun gunoh emas. Alloh taolo “Baqara” surasi 29-oyatida marhamat qiladi: هُوَ الَّذِي خَلَقَ لَكُم مَّا فِي الأَرْضِ جَمِيعاً ثُمَّ اسْتَوَى إِلَى السَّمَاء فَسَوَّاهُنَّ سَبْعَ سَمَاوَاتٍ وَهُوَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ U er yuzidagi barcha narsani sizlar uchun yaratgan, so‘ngra osmonga yuzlanib, ularni etti osmon qilib to‘g‘rilagan Zotdir. Va U har bir narsani o‘ta biluvchidir. Er yuzidagi barcha narsaning inson uchun yaratilgani haqidagi xabar insonni ulug‘lashdir. Modomiki, Alloh bu dunyodagi hamma narsani inson uchun yaratgan ekan, demak, inson hamma yaratilganlarning ulug‘idir. Er yuzida insondan ulug‘ maxluq yo‘q. Inson Allohning er yuzidagi xalifasidir. Maxluqotlardan birortasi insondan ustun bo‘lishi mumkin emas. Hamma narsalar inson uchun, insonning saodati uchun bo‘lishi kerak.(“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar