"Uylanishdan oldin zino qilib ko‘radi" deydiganlar ham bor ekan
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dinimiz har bir ishning barakotli, Allohning roziligiga sabab bo‘ladigan, rahmatini jalb qiluvchi, kelgusidagi samarasi benihoya foydali bo‘lishi uchun avvalini Alloh nomi bilan, namozlar o‘qib, yig‘lab, sadaqotlar qilib, imkoni bo‘lsa haj va umra qilib boshlashga targ‘ib qiladi va bunga erishmoqchi bo‘lganlar shunga astoydil harakat qiladilar. Har bir ulug‘ ishni, buyuk shaxslarni avvalida shunday niyatdagi zotlar bor. Siz esa Allohning g‘azabini keltiradigan, la’natini yog‘ilishiga sabab bo‘ladigan, Alloh juda yomon ko‘rgan zino bilan boshlabsiz. Musulmon ham shunday bo‘ladimi? Kelajakda solih va soliha farzandlardan umidingiz yo‘qmi? Baxtli saodatli oiladan umidingiz yo‘qmi? Hammasini 10 daqiqali lazzatga sotib yuborasizmi? Hali ham kech emas, tavba qiling. Yuqorida zikr qilganimizdek boshlashga harakat qiling. Avvalingiz shu bo‘lsa oxiringiz bundan battar bo‘lishidan qo‘rqing. Gunoh bilan Allohning rahmatiga erishilmaydi. Tirnoqqa zor bo‘lib yig‘lab yurishlardan, bola ko‘rsam bo‘ldi deb ayolingizni avratini doktorman degan har bir erkakka ochib berishga muhtoj bo‘lib qolishdan qo‘rqing. Gunohning davosi astoydil tavba qilish, shoyad shu tavbangiz haqiqiy bo‘lib kelgusidagi rahmat darvozalarini ochilishiga sabab bo‘lsa. Alloh taolo “Baqara” surasi
-oyatida إِنَّ اللّهَ يُحِبُّ التَّوَّابِينَ وَيُحِبُّ الْمُتَطَهِّرِينَ “Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni sevadir va poklanuvchilarni sevadir», – deb ayt” deb marhamat qilgan. Ushbu oyatning xulosasi gunoh qilib, gunohida davom etmay, nadomat qilib va tavba qilgan kishi Alloh taoloning nazdida maqomi ko‘tariladi. Tavba qiluvchi habibullohga aylanadi. Ya’ni Allohning eng suyukli bandalari qatoriga qo‘shiladi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu bir qo‘shiqchini oldidan o‘tib qoldilar va uning ovozini eshitib “Qani endi shu ovoz bilan Qur’on o‘qisa edi” dedilar. Alloh taolo bu so‘zni uning qulog‘iga etkazdi. Shu zahoti qo‘shiq aytishni to‘xtatib “Bu kim” dedi. Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobasi Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu deyishdi. Shunda o‘sha qo‘shiqchi asbobini sindirib, chopib borib oyog‘iga yopishdi va tavba qilganini aytib yig‘ladi. Odamlar “Nega yig‘layapsiz” deyishgan edi, “At taaibu habibulloh” ya’ni tavba qiluvchi Alloh taoloning suyukli bandasi bo‘ladi. Uni Alloh taolo yaxshi ko‘rganda men yaxshi ko‘rmaymi, u yig‘laganda men yig‘lamaymi” dedilar. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar