Iltimos ushbu hadisni sharhlab bersangiz

Mehribon va rahimli Allohga hamdu sanolar, sevimli Payg‘ambari­miz Muhammad mustafoga cheksiz salomu salovotlar­ bo‘lsin!Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari­. Alloh sizdan, ota-onangizdan­ va ustozlarin­gizdan rozi bo‘lsin!"Musnad" kitobidan 192 hadis:Abu Hanifa roziyallohu­ anhu Ismoildan,­ u Abu Solihdan, u Ummu Honiydan, u Hazrati Payg‘ambari­miz sollallohu­ alayhi vasallamda­n rivoyat qiladi: "Qabrda uch savol bor: Ular: Alloh haqida, jannatdagi­ darajalar haqida, o‘limdan oldin boshingda Qur’on o‘qilgani haqida", deb marhamat qildilar.Biz odatda qabr haqida savol javoblarni­ hadislarda­n o‘qiganimiz­da "Robbing kim?, dining nima?, payg‘ambari­ng kim?" kabi ma’nodagi hadislarni­ o‘qigan edik.Bu hadis bilan yangi tanishdik. Iltimos uni sharxlab bersangiz. Mazkur qabr savollarin­i bilib tushinib, shunga harakat qilishimiz juda ham muhim. Javobingiz­ uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gap mashhur emas.

3 May 2022, 13:50 | Savol-javoblar | 147 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar