Aqldan ozish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bundan uch yil muqaddam ya’ni 2014-yilda qandaydir sabablar bilan aqldan ozish kasalligiga chalindim. Xudoga beadad shukir-ki yaqinda o‘zimga kela boshladim. O‘tgan uch yilda nima bo‘lgani to‘liq xotiramda yo‘q. O‘zimga ozgina kelgach Islomiy elektron kitoblar o‘qiy boshladim. Keyin esa «Hasbiyallohu va ne’mal vakil» duosini qayta-qayta o‘qiy boshladim. Allohga shukir hech qanday dori-darmonsiz to‘liq o‘zimga keldim. Bu kasallik qayta takrorlanishidan qo‘rqaman. Buning uchin qanday duo o‘qib yurganim maqul? Ishlaringizga barako bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tongda va tunda o‘qigan duolarini o‘qib yuring. Vallohu a’lam! Ular quyidagi linkda. https://tazkiya.uz/virdlar/item/453-rasululloh-sollallohu-alayhi-vasallamning-tongda-va-tunda-o-qigan-duolari.html

30 Aprel 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar