Bid’at amallar
Assalomu alaykum! Bizda Qashqadaryoning Beshkent shahrida ota bobodan qolib ketgan ko‘pgina udumlar mavjud, agar bu bid’at amal hisoblanmasa agar. Homilador ayollarni masalan homila 5-7 yoki 9 oyligida o‘tkaziladigan moma oshi degan udumlari bor ekan. Bu udumni yoshi katta ayol yoki hojibuvilarimiz o‘tkazadi. Unda homilar ayolni tovuqning tojidan qon chiqazib quloq, tanglay qismiga, bo‘yin va qorin qismiga qon surtilar ekan. Paxta yoqish 9 oyga atab vaqtida tug‘ilsin deb 9 qarich paxtani chigitdan tozalab yoqilar ekan. Un va yana boshqa narsalarni tayyorlab ushbu udumni o‘tkazishadi. Aytingchi bu bid’at amal hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan udumlarni hammasi shariatimizga zid va tark qilish shart bo‘lgan amallar. Odam haqiqiy dinni o‘qib o‘rganmasa va unga amal qilmasa shu kabi ishlarga o‘ralashib yuraveradi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:03 | Savol-javoblar | 178 | Ta’lim va muta’allim