Ziyo uzdagi video

Assalomu alaykum! 1). Ziyo uz kanaliga «Ko‘kragida Qur’on yozuvli bola SubxanAlloh!» sarlovxasi bilan video joylanibdi.
U video Rossiyaning maxalliy telekanallaridan biridagi «Novosti»dan parcha edi. U erda: Chelyabinskda bir o‘smir ko‘kragiga arab yozuvi bilan Qur’on so‘zi bitilgan «dog» bilan tug‘ilgan. U bola Qur’on o‘qish u erda tursin, xatto ushlab xam ko‘rmagan. Lekin «She’r» yodlagandek o‘qib beradi, Paygambarlarga xos tushlar (kelajakda nima bo‘lishi haqidagi) ko‘radi va xattoki odamlarni tuzata oladi. Ota-onasi uni Payg‘ambar deyishyabdi» deyilgan. Astag‘firullah bu nima degan gap axir? Naxot musulmonlar oxirgi Payg‘ambar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamligiga iymon keltirayotgan bir pallada bunday «provokatsion» video, u emas bu emas naqd Ziyo uz internet portalining telegrammdagi rasmiy kanaliga joylansa?!
2). O‘sha videodagi bolakay haqida nima deyaolasizlar? Shunday bo‘lishi ya’ni kelajakni aytuvchi tushlar ko‘rishi yoki odamlarni tuzatishi?
3). Video davomida bolani Chelyabinsk bosh mutfiysi oldiga oborishadi u bu bolani: «100 yilda bir Alloh tomonidan yuboriladigan ilmli zot bo‘lishi mumkin» deyshiga nima deysizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Kanalning o‘ziga raddiya bildiring. 2). Bu noto‘g‘ri. 3). Buni kelajak ko‘rsatadi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 10:00 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar