Marhumning qarzi
Assalomu alaykum! Alloh din yo‘lida qilayotgan xizmatlaringizdan, bizlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatayotganligingizdan rozi bo‘lib, ajri savoblarini ko‘paytirib bersin. Shayximizni rahmatiga olib, joylarini jannatdan qilsin. Izlash xizmatidan ko‘nglimdagidek javob topmadim. Qarz oldi-beridisi to‘g‘risida hukmlarni o‘qidim. Menga yordamlaringiz juda zarur. Yaqinda opam vafot etdi. Vafot etgan insonning qarzi to‘lanishi kerakligini juda yaxshi bilaman. Uning qarzini to‘lashni men zimmamga olgan edim. Qarzlarini to‘ladim. Ammo bitta narsa meni qiynayapti. <ol> <li>Mabodo men bilmagan joylarda marhumning qarzi qolgan bo‘lsa, nima bo‘ladi?li> <li>Marhumning qarzi to‘liq mening zimmamga o‘tgan bo‘lsa, men bilmagan joylarda qarzi bo‘lsa, vaqti soati kelib men buning uchun qanday javob beraman, hadislardagi hukmga tushib qolib, buning uchun men azoblanmaymanmi?li> <li>Marhum opamning qarzini qanday qilib to‘liq ado qilay?li> ol> Iltimos! shu masalada yordam bervoringlar. Savol tushunarsiz bo‘lgan bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Birortasi hujjat-dalil bilan isbot qilmasa to‘lamaganingiz uchun gunohkor bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 10:00 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Birortasi hujjat-dalil bilan isbot qilmasa to‘lamaganingiz uchun gunohkor bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 10:00 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar