Otaning kayf holatida vujudga kelgan farzand harommi?

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!!!Savolim shundan iboratki... agar farzand dunyoga keltirilayotgan paytda erkak kishi kayf holatda bo‘lsa va bu holat uni farzand tug‘ilganiga qadar ham tark etmasa tug‘ilgan farzand "Harom" hisoblanadimi? va bu narsa uning (ya‘ni tug‘ilgan farzandning) kelgusi hayotiga qandaydir ta‘sir o‘tkazadimi?... Javob bering iltimos men uchun juda muhim... Oldindan katta rahmat...Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bolaning sog‘ligiga tasiri bo‘lishini tibbiyot ilmi tasdiqlagan. Lekin bunday holatda bola harom bo‘ladi yoki boshqa bo‘ladi degan gap yo‘q.

30 Aprel 2022, 10:55 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar