Sigaret bilan ishlash

Assalomu alaykum! Ustozlar, mana bir necha yildirki ya’ni aqlimni taniganimdan beri bu savol meni qiynab keladi. Dadam sigaret savdosi bilan shug‘ullanadilar va shu siret sotish orqali bizni boqadilar. Uy soldilar, moshina oldilar va shu sigaret pulidan ehson, zakot, qurbonlik qiladilar va qo‘lidan kelgancha beva bechoralarga yordam qiladilar. Men endi balog‘at yoshiga to‘ldim, namoz o‘qiyman, lekin kimdan eshitganim esimda yo‘q “Harom luqma eb qilingan ibodatni Alloh  qabul qilmaydi” deb eshitganman. Men emasdan-kiymasdan yurolmaymanku, namoz o‘qib Alloh buyurgan amallarni qilish farz. Bir namozxon do‘stim aytib qoldi “Agar inson haromdan pul topayotganini anglab halol luqma eyishni xohlasa bunga fatvolar chiqan” dedi. Ya’ni bunday pullarni halollab olsa bo‘ladimi? Bu qanchalik rost? Vijdonim judayam qiynalib ketyapti, dadamga aytay desam shuncha yil eb-ichib, kiyib dadamga topgan pulingiz harom ekan desam nonko‘rlik qilgan va dadamni ko‘nglini og‘ritib qo‘yamanku. Ota-onani ko‘nglini og‘ritish katta gunoh, lekin Allohdan ham qo‘rqyapman. Menga yo‘l ko‘rsatinglar va savolimga iloji boricha javob berishinglarni so‘rayman. Iltmos. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Kilayotgan bu xayrli ishlaringlarga ajr mukofotlar bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zingiz bilganingizdek dunyo ulmolari sigaretning zararlarini e’tiborga olib harom deb fatvo berganlar. Sigaret milionlab odamlarni salomatligini yo‘qotishiga sababchiligi ham inkor qilinmaydigan haqiqat. Sigaret sotish dunyoga fasod tarqatish hisoblanadi. Alloh taolo “Nur” surasida marhamat qiladi:إِنَّ الَّذِينَ يُحِبُّونَ أَن تَشِيعَ الْفَاحِشَةُ فِي الَّذِينَ آمَنُوا لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ وَاللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ۝19. Albatta, iymon keltirganlar ichida fahsh tarqalishini yaxshi ko‘radiganlarga bu dunyoyu oxiratda alamli azob bordir. Alloh biladir, siz esa bilmassiz. Ota-onani xafa qilmaslik to‘g‘ri. Bu ish noto‘g‘riligini siz aytmang. Buni dadangiz sevib suhbat quradigan biror ahli ilm orqali ayttiring. Siz o‘zingiz haloldan pul topishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 11:06 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar