Taxorat va g‘usul

Assalomu alaykum! Meni ukamning burnini tomirlari nozik tahorat olayotganda burnini qoqsa qon chiqadi hammamizga malumki qon.chiqsa tahorat sinadi shunga namozdi o‘qiy olmayabdi savolim shuki tahoratda burnini qoqmasaham boladimi bunaqa hollarda nima qilish kerak? 2. Ayolim bilan qo‘shilishib oldin men kegin ayolim g‘usul qilsa men g‘usul qilib chiqsam ayolim hali g‘usul qilmagan bo‘lsa ko‘zim ayolimga yoki uni ko‘zi menga tushub qolsa yana g‘usul qilishim kerak bo‘ladimi? 3. Ayoli bilan aloqa paytida chaqolog‘i bo‘lsa va uyg‘onib ketsa onasi unga g‘usul qilmasdan oldin sut bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Burunni qoqish shart emas. suv olib burunni atroflarini xo‘llab qo‘ysa bo‘ldi. 2). Yo‘q. Birga g‘usl qilsangiz ham ikkingiz bir-biringizga suv quyib tursangiz ham g‘uslni qayta qilishga hojat yo‘q. 3). Ko‘kragini yuvib emizaveradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:31 | Savol-javoblar | 160 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar