Taloq xaqida
Assalomu alaykum! Ismim abduvosit yoshim 29da. Ayolim bilan janjalashib “qo‘ydim seni” degan gapni gapirdim. Ayolim uyimdan chiqmadi. Iltimos shu gapirgan gapim taloqqa o‘tadimi yoki yo‘q? Men hozir qanday yo‘l tutishim kerak? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalgi zamonlarda har bir xalqning o‘z tilida taloqqa dalolat qiluvchi so‘zlari bo‘lgan. Fuqaholar o‘sha so‘zlarni taloq so‘zi deb e’tiborga olishgan. Masalan bundan 200 yil avval yozilgan “Roddul muhtor” kitobida: “Turkiy xalqlarda “Sen bo‘shsan” so‘zi ochiq-oydin taloqqa dalolat qiladi” deyilgan. Bu so‘zni aytishda niyat ham shart qilinmagan. Hozirgi kunda ham barcha musulmon xalqlarda o‘z tillarida er xotiniga aytganida faqat taloq tushuniladigan so‘zlarni “sarih taloq” deb, bu so‘zni aytganida taloqni niyat qilish shart emas – deyiladi. Masalan urdu tilida “cho‘rdiya”(qo‘ydim) “javab diya”(javobingni berdim) so‘zlarini er xotiniga aytganida niyat qilmasada taloq tushadi deyishadi. Xuddi shu kabi o‘zbek tilida ham ba’zi bir so‘zlar borki, er uni xotiniga aytganida xuddi “taloq qo‘ydim” so‘zini aytganidek, eshitgan kishi aniq xotinini taloq qo‘yganini tushunadi. Masalan “seni qo‘ydim”. Sizni gapingizdan ham bir taloq tushadi. Sizni ismingiz Abduvosit emas balki Abdulbositdir. Chunki Alloh taoloning vosit degan sifati yo‘q. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 11:06 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush