Imom G‘azzoliy kitoblari

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, Imom G‘azzoliyning «Qiyomat va oxirat», «Qabrdan so‘ng», «Ey Farzand», «O‘limdan so‘ng», «O‘limni eslash», «Qalb ajoyibotlari» kitoblarini o‘qishimiz joizmi? Chunki u kishining kitoblarida zaif xadislar bor ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida qabr hayoti va mahshar maydoni u kitoblarda keltirilgandanda daxshatliroq. Qabr hayoti va mahshar maydoni haqida sahih hadislar juda ko‘p. U hadislarni o‘qigan inson xususan tarjimalarini o‘qigan inson asl holatni his qila olmaydi. Chunki arab tiliga zavqi yo‘q, tarjimada esa u zavq ifoda qilinmay qoladi. "Hadis va Hayot"ning ba’zi juzlari chiqmay qolgan. O‘sha juzlar shu mavzuga tegishli edi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 201 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar