Vitrning qazosi

Assalamu alaykum! Bir brodarimiz “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim vitrdan uxlab qolsa yo esidan chiqarib qo‘ygan bo‘lsa, ertalab uyqudan turgach yoki esiga tushgach o‘qib qo‘ysin», deganlar (Termiziy (464), Abu Dovud (1431), Ibn Moja (1188) rivoyatlari). Vitrni qazosini o‘qiganda juft qilib o‘qiydi. Chunki, «Sahih»da Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni uyqu yoki og‘riq tungi namozdan man qilgan bo‘lsa, kunduzi o‘n ikki rak’at o‘qib qo‘yardilar» (Sahih Muslim: 746). Hadislaridan kelib chiqib, “qazo qilingan vitrni to‘rt rak’at qilib o‘qiladi” dedi. Shunday qilish  kerakmi? Javob uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hanafiylar nazdida vitr namozi vojib sanalib, uning qazosi ham vojib hisoblanadi. Shofi’iy va Molikiylarning mazhabida vitr vojib emas, balki sunnatdir. Shuning uchun ularda uning qazosini o‘qish vojib emas.(Darsi Termiziy). Imom Ahmad ibn Hanbal rohmatullohi alayhi nazdlarida ham, sahih gapga binoan uch rak’at qazo o‘qilinadi. Vallohu a’lam.

30 Aprel 2022, 13:28 | Savol-javoblar | 214 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar