Tutgan ro‘zam buzilmidimi?
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh ishlarizga rivoj bersin va ilmingizni bundanam ziyoda qilsin. Kasbim tufayli erkaklarni avratiga qarashimga to‘g‘ri keladi. Shunday vaziyatlada tutgan ro‘zam ochilib ketmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ochilmaydi.
Tekshiruvlar uchun avrat joylarga qarash
Jarrohlik amaliyoti bajariladigan bemorga amaliyot foydali yoki foydasiz ekanligi, amaliyot zarur suratda uning zararlaridan saqlanish uchun va boshqa tibbiy maqsadda avrat sanalgan joylarni ham tekshirishga to‘g‘ri keladi. Bunday suratda avratga qarashning hukmi nima bo‘ladi? Doktor va yordamchilari bu borada qanday yo‘l tutishlari kerak? Buning uchun avvalo avrvtning miqdorini bilib olish kerak.
AVRAT MASALASI
Erkak kishining avrati kindigi ostidan to ikki tizzasining ostigachadir.
Bu hukmning dalili quyidagilar: رَوَى الدَّارَقُطْنِيُّ مِنْ حَدِيثِ أَبِي أَيُّوبَ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ مَا فَوْقَ الرُّكْبَتَيْنِ مِنَ الْعَوْرَةِ، وَمَا أَسْفَلَ مِنَ السُّرَّةِ مِنَ الْعَوْرَةِ Imom Dora Qutniy Abu Ayyub roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ikki tizzadan yuqori narsa avratdandir. Kindikdan pastdagi narsa avratdandir», deganlar.
Hur ayolning jamiki badani avratdir. Yuz, ikki qo‘l va oyoq bundan mustasno.
Bu hukmning dalillari:
Alloh taolo Nur surasida:
«Mo‘minalarga ayt: «Ko‘zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, zohir bo‘lgani mustasno. Ro‘mollarini ko‘kslariga to‘sib yursinlar», degan (31-oyat).
«Zohir bo‘lgan ziynatlar» deganda namozda yuz, ikki qadam va ikki kaft anglanadi. Namozdan tashqarida ikki qadam ham avratdir.
«Ro‘mollarini ko‘kslariga to‘sib yursinlar».
Ya’ni boshlariga o‘ragan ro‘mollari faqat sochlarini emas, balki tomoqlari, ko‘kslari va ko‘kraklarini ham to‘sib tursin. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا أَنَّ أَسْمَاءَ بِنْتَ أَبِي بَكْرٍ دَخَلَتْ عَلَى رَسُولِ اللهِ وَعَلَيْهَا ثِيَابٌ رِقَاقٌ، فَأَعْرَضَ عَنْهَا رَسُولُ اللهِ وَقَالَ يَا أَسْمَاءُ، إِنَّ الْمَرْأَةَ إِذَا بَلَغَتِ الْمَحِيضَ لَمْ تَصْلُحْ أَنْ يُرَى مِنْهَا إِلَّا هَذَا وَهَذَا ، وَأَشَارَ إِلَى وَجْهِهِ وَكَفَّيْهِ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Asmo binti Abu Bakr yupqa kiyim bilan kirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan yuzlarini o‘girib oldilar va:
«Ey Asmo, ayol kishi hayz ko‘radigan bo‘lganidan keyin undan mana bu va mana bundan boshqa joyi ko‘rinmasligi kerak», deb ikki kaftlari va yuzlariga ishora qildilar».
Abu Dovud rivoyat qilgan.
Ibn Jarir Tobariy o‘z tafsirlarida Oisha onamizdan keltirgan rivoyatda u kishi aytadilar:
«Oldimga ona bir akam Abdulloh ibn Tufaylning qizi ziynatlangan holda kirgan edi. Rasululloh kelib qoldilar va yuzlarini o‘girdilar. Men:
«Ey Allohning Rasuli, bu ona bir akamning qizi, yosh qiz», dedim. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:
«Ayol kishi balog‘atga etganidan keyin undan yuzi va mana bu joylaridan boshqa joyi ko‘rinishi halol emas», deb o‘z bilaklarini tutumlab ko‘rsatdilar. Ushlagan joylari bilan kaftlari orasida yana bir tutumcha joy qoldi».
«Avratni to‘sish» deganda shariat talabiga binoan to‘sish ko‘zda tutilgan. Bunda avratni to‘sadigan narsaga quyidagi shartlar qo‘yilgan:
1. Kiyim badanning rangini bilintirmaydigan darajada qalin bo‘lishi lozim.
2. Kiyim badanning hamma tarafini to‘sishi lozim. Biror tarafi ochilib qolsa ham bo‘lmaydi.
Avratini to‘sishga hech narsa topa olmagan odam hech bo‘lmasa loy bilan bo‘lsa ham uni to‘sadi va o‘tirib, imo bilan namoz o‘qiydi.
Ayol kishining ayol kishiga qarashi joiz bo‘lgan joyi ham erkakning erkakdan qarashi mumkin bo‘lgan joyi bilan bir hil. Ayol ayolning kindigidan tizzasigacha bo‘lgan joyiga qarashi haromdir. Erkak ham erkakning kindigidan tizzasining ostigacha qarash harom.
Asliy hukm yuqorida zikr qilinganidek avratga qarash harom. Ko‘rish ham ko‘rsatish ham. Bundan ba’zi holatlarni istisno qilingan. O‘shalardan biri inson o‘lar darajada och qolishidir. Alloh taolo qur’oni karimda marhamat qiladi: إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةَ وَالدَّمَ وَلَحْمَ الْخِنزِيرِ وَمَا أُهِلَّ بِهِ لِغَيْرِ اللّهِ فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلاَ عَادٍ فَلا إِثْمَ عَلَيْهِ إِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ 173. Albatta, U Zot sizlarga faqat o‘limtikni, qonni, cho‘chqa go‘shtini va Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan narsalarni harom qil¬di. Kimki maza talab qiluvchi va haddan oshuvchi bo‘lmagan holda majbur bo‘lib qolsa, unga gunoh yo‘q. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir.
Yana biri tibbiyotdagi holatdir. Shariatda " الضرورات تبيح المحظورات "
“Zaruratlar man qilingan ishlarni muboh qiladi”, “xojatlar umumiy va xususiy holatlarda zarurat darajasiga tushadi” qoidasi bor. Qarashsiz ish bitmasa, qarashga ruxsat beriladi.
Shu bilan birga يَجِبُ عَلَى الْمُضْطَرِّ مُرَاعَاةُ قَدْرِ الضَّرُورَةِ، لأِنَّ مَا أُبِيحَ لِلضَّرُورَةِ يُقَدَّرُ بِقَدْرِهَا
“Zaruratmand shaxsga zarurat miqdorini rioyasini qilish kerak. Chunki zarurat uchun berilgan ruxsat zarurat miqdorichagina belgilanishi vojib.
Doktor shariat man qilgan ishlardan shariat zarurat deb belgilagan darajada foydalanishi kerak. Shariat qarashni harom qilgan joylarga qarash va ushlashda bemalol bo‘lmasligi kerak. Ba’zilar “doktor bemorning mahrami” degan fikrgacha borishib qolgan. Aslo bunday emas. Zaruratsiz avratga qarash barcha uchun haromdir. Tekshiruv bitgach ham qarab turaverish joiz emas. “Uzr ketgach joiz degan ruxsat ham ketadi” degan qoidaga asosan qarash va ushlash ruxsati tugaydi. قل لِّلْمُؤْمِنِينَ يَغُضُّوا مِنْ أَبْصَارِهِمْ وَيَحْفَظُوا فُرُوجَهُمْ ذَلِكَ أَزْكَى لَهُمْ إِنَّ اللَّهَ خَبِيرٌ بِمَا يَصْنَعُونَ 30. Mo‘minlarga ayt, ko‘zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan o‘ta xabardordir. Nur surasi 30 oyat.
Zaruratdan ortiq joylarga qarash va ushlash ham joiz emas. Bemor erkak va ayol o‘z jinsi vakili yoki vakilasiga murojaat qilishi kerak. Imkoni bo‘laturib boshqa jins vakil yoki vakilasiga murojaat qilish ba’zida harom ba’zida makruhi tahrimiy va ba’zida holatga qarab muboh bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:00 | Savol-javoblar | 160 | Ro‘za