Qurbonlik go‘shti

Assalomu alaykum! Ustozlar kurbonlik masalasida savolim bor edi. Insha Alloh qurbonlik qilmoqchimiz. Qurbonlikni go‘shtini berishda, qo‘shnilarimiz o‘ziga tinch, davlatman va ba’zilari namoz o‘qishmaydi. Sal teparoqda namozxon kambag‘allar bor. Shu yonimdagi qo‘shnilarga bermasdan, muhtojlarga bersam bo‘ladimi?
2). Qurbonlikni namozni goh o‘qib goh o‘qmaydigan va spirtlik ichib turadigan qassob so‘ysa joizmi?
3). Qurbonlik qiluvchi qanday duolarni o‘qishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Muhtojlarga bersangiz savobi ko‘proq bo‘ladi. 2). Joiz. Allohning ismlaridan birini tilga olib so‘ysa bo‘ldi. Vallohu a’lam! 3).  https://fiqh.uz/index.php/ibodat/halol-harom/soyishlar/739-urbonlik-ilish-duosi

30 Aprel 2022, 15:09 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar