Ish masalasida

Assalomu alaykum! Men Rossiyada bozorda ishlayman. U erda o‘zbekistondan kelgan  mevalarni sotamiz. U mevalar yashikda keladi, ichida chirik mevalar ham bo‘ladi. Kilentlar chirigi bormi deb so‘rasa yo‘q deb javob beramiz. Chirikni ko‘rgan ko‘radi, ko‘rmaganiga chirigi bor yashiklarni beramiz. Shunday qil deb bizga  boshliqlar aytishgan. Shunday qilmasak bizni ishlatishmaydi. Buning gunoxi kimga bo‘ladi? Boshliqlar xam o‘zbeklar. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizlarga ham boshliqlarga ham bo‘ladi. Bu ishni qo‘yib boshqa halol ish qilsangizlar ham tirikchilik o‘taveradi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 16:03 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar