Ayolimni javobini beraymi?

Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Jiddiy sabablarga ko‘ra ayolim bilan ajrashyapman. Sal kam bir yildan beri ota onasini uyida yashaydi. Ayolimni ko‘ch ko‘yda nomaqul ishlar qilib yurganini eshitsam yoki o‘z ko‘zim bilan ko‘rib guvox bo‘lsam, uning qilib yurgan gunox ishlariga men gunoxkor bo‘lib qolmaymanmi? Bir xadisda eshitgandim "agar ayoli xiyonat qilayotganini bilib turib unga ko‘z yumsa gunoxkor bo‘ladi" mazmunida. Men xozir qanday yo‘l tutay? Xali qonuniy ajrashmadik, unga diniy tomondan javobini beraymi? Sizlardan so‘ramasdan bunday qilishdan qo‘rqdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Modomiki u bilan qat’iy yashamaydigan bo‘lsangiz, javobini bering. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: إِنَّ امْرَأَتِي لَا تَمْنَعُ يَدَ لَامِسٍ، قَالَ: غَرِّبْهَا، قَالَ: أَخَافُ أَنْ تَتْبَعَهَا نَفْسِي، قَالَ: فَاسْتَمْتِعْ بِهَا. رَوَاهُ أَبُودَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Ayolim qo‘l uzatuvchining qo‘lini man qilmaydi», dedi.
«Uni o‘zingdan uzoqlashtir», dedilar.
«Nafsim unga ergashishidan xavf qilaman», dedi.
«Undan foydalanaver», dedilar u zot».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisdagi «Ayolim qo‘l uzatuvchining qo‘lini man qilmaydi», degan jumla «Erkaklardan o‘zini olib qochmaydi» yoki «Mol-mulkni haddan tashqari isrof qiladi», deb, ikki xil ta’vil qilingan.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam unday xotinni taloq qilib yuborishni maslahat berganlar. Lekin er xotinini taloq qilsa, undan ko‘ngil uza olmay, o‘zi qiynalishini bayon qilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Unday bo‘lsa, undan foydalanib yuraver», deganlar.
Bundan «qo‘lni man qilmaslik» mol-mulkni isrof qilish ma’nosida aytilganligi kelib chiqadi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam erkak kishining qo‘lini qaytarmaydigan ayol bilan birga yashayverishni maslahat berishlari mumkin emas. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 16:03 | Savol-javoblar | 201 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar