Arsh xakida
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, bir birodarim ayttiki Alloh qaerda deb aytganda jim turib qolsa kofir bo‘ladi dedi. Bu aqida masalasiga kirarkan, shunaqa savolga Alloh Arshga istivo qildi, lekin qandayligi nomalum deb aytish kerak ekan, buni Ibn Boz va Usaymin degan olimlar xam aytgan ekan. Keyin bu Fiqhul Akbar da ham bor ekan. Shu haqida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ular ilmga xiyonat qiladilar. Salaflarimiz bunday gapni aytmaganlar. Alloh taolo “Toha” surasida الرَّحْمَنُ عَلَى الْعَرْشِ اسْتَوَى "5. Rohman Arshga istivo qildi" degan bo‘lsa, boshqa bir oyatda ثُمَّ اسْتَوَى عَلَى الْعَرْشِ
وَهُوَ مَعَكُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ 4. so‘ngra Arshga istivo qilgan Zotdir..... degan bo‘lsa, davomida "U qaerda bo‘lsangiz ham siz bilan birga” degan. (Hadid surasi). Boshqa bir oyatda: وَهُوَ الَّذِي فِي السَّمَاء إِلَهٌ وَفِي الْأَرْضِ إِلَهٌ وَهُوَ الْحَكِيمُ الْعَلِيمُ 84. U osmonda ham Iloh, erda ham Iloh bo‘lgan Zotdir. U o‘ta hikmatlidir, o‘ta biluvchidir” degan. (Zuxruf surasi). Yana boshqa oyatda وَلَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنسَانَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِ نَفْسُهُ وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ 16. Albatta, insonni Biz yaratganmiz va uning nafsi nimani vasvasa qilishini ham bilurmiz. Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz” degan. (Qof surasi). Sahih hadisda عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَأَى نُخَامَةً فِي الْقِبْلَةِ، فَشَقَّ ذَلِكَ عَلَيْهِ حَتَّى رُئِيَ فِي وَجْهِهِ، فَقَامَ فَحَكَّهُ بِيَدِهِ فَقَالَ: «إِنَّ أَحَدَكُمْ إِذَا قَامَ فِي صَلَاتِهِ، فَإِنَّهُ يُنَاجِي رَبَّهُ - أَوْ إِنَّ رَبَّهُ بَيْنَهُ وَبَيْنَ الْقِبْلَةِ - فَلَا يَبْزُقَنَّ أَحَدُكُمْ قِبَلَ قِبْلَتِهِ، وَلَكِنْ عَنْ يَسَارِهِ، أَوْ تَحْتَ قَدَمَيْهِ». ثُمَّ أَخَذَ طَرَفَ رِدَائِهِ فَبَصَقَ فِيهِ، ثُمَّ رَدَّ بَعْضَهُ عَلَى بَعْضٍ، فَقَالَ: أَوْ يَفْعَلْ هَكَذَا Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam qibla tomonda balg‘am ko‘rib qoldilar. Bu u zotga yoqmadi, hatto yuzlaridan bilindi. Turib, qo‘llari bilan uni sidirib tashladilar va: «Birortangiz namozda tursa, albatta, u Robbiga munojot qilayotgan bo‘ladi [yoki albatta, Robbi u bilan qiblaning orasida bo‘ladi]. Hech biringiz qibla tomonga hargiz tuflamasin, balki so‘l tomoniga yoki oyoq ostiga (tuflasin)», dedilar. So‘ng ridolarining bir chetini tutib, unga tufladilar. Keyin bir-biriga bukladilar-da: «Yoki mana bunday qilsin», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).
Ular bir oyatni olib boshqasidan ko‘z yumadilar. Bu kabi mutashobih oyat va hadislarni to‘laligicha o‘rganib chiqqan ulamolarimiz “Bu oyatlar haq, Alloh undan nima iroda qilganini bilmaymiz, nima iroda qilgan bo‘lsa unga iymon keltiramiz. Qanday, qanaqa degan kayfiyati bilan shug‘ullanmaymiz, chunki Allohga nisbatan kayfiyat aqllanadigan narsa emas” deganlar. Aslida bizdan avvalgi sahobalar, tobe’inlar bular haqida gaplarni gapirib bo‘lganlar. Jumhur ulamolari biz keltirgan gapni aytishgan. Ibn Taymiya va u kishining shogirdlari ular aytgan gapga zid o‘laroq Allohga “Uluv” ya’ni “Tepa, yuqori” jihatni isbot qilishgan. Ungacha hech kim buni isbot qilmagan. Gap kimga ergashishda qolgan xolos. Jumhur ulamolarga ergashasizmi yoki ibn Taymiyaga ergashasizmi?! Ustozlarimiz va biz jumhur ulamolarning qavllariga ergashamiz. Avvalgi ulmolarimiz bu sifatlarni mutashobih deb e’tiborga olganlar. Ilmini Allohga havola qilganlar, bu borada ijtihod qilmaganlar. Ibn Taymiya va shogirdlari ijtihod qilishgan. Hozirgi kunda bu masala siyosiy darajaga ko‘tarilgan, din dushmanlari musulmonlarni shu masalada ikkiga bo‘lib, biriga qurol berib boshqasini otishga, dushman qilishga mumulmonlarni zaiflashtirishga qurol qilib olishgan. Oxir oqibat qurol olganlarni o‘zlarini ham qamash va otishni boshlashdi. Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Ochiq xat” kitobini olib o‘qing. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 16:46 | Savol-javoblar | 182 | Aqiyda