Farzand asrab olishda maslaxat
Assalomu alaykum! Xurmatli Ustozlar, inshaAlloh biz oilam bilam etim farzand boqib olmoqchimiz. Agar etim farzandni Rossiyadagi bolalar uyidan olsak (rus millatiga mansubini) shunda biz bir insonni dinga kirgizgan va etim farzand boqib olgan savobini olamizmi? Xozirda emizakli farzandimiz bor. Shu farzandimiz 2 yoshga to‘lishi bilan emizakli chaqaloq olsakmikin deyabmiz. Kelajakda menga yoki axlimga nomaxram bo‘lib qolmasligi uchun. Shu ishim to‘g‘rimi? Yoki 3-4-5 yoshli bola yoki qizaloqni boqib olsak xam bo‘laveradimi? Bazi tanishlarim «Rossiyada xar xil kasaliklar ko‘p undan ko‘ra o‘zimizdan boqib ol» deb aytishyabdi. Lekin meni bir insonn farzandini musulmon bo‘lib yashashiga sababchi bo‘lib qolish qiziqishim boshqa tamonga undayabdi. Men qanaday yo‘l tutay Ustozlar? Ertaga Allohni xuzuriga borganimda bir insonni musulmon bo‘lishiga sababchi bo‘lgan inson sifatida turgim kelyabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farzandingiz 2 yoshga etmay turib birorta otasi o‘lgan 2 yoshga etmagan chaqaloqni olib ayolingiz emizsa etim boqqan hisoblanadi hamda ayolingizga mahramga aylanadi. 2 yoshdan kattasini olsangiz ayolingiz emizishi bilan mahram bo‘lolmaydi. Alloh niyatingizni ajrini bersin. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 17:29 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush