Qur’a
Assalomu alaykum! Joxiliy qur’a bilan islomiy qur’a o‘rtasida qanday farq bor? Misol uchun: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror safarga chiqishlaridan oldin o‘z ayollarini yig‘ib, qur’a tashlaganliklari haqida o‘qiganman. Lekin joxillik davrida ham qur’a tashlash bo‘lganligi haqida xabarlar bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Islomda qur’a adolatni sobit qilish uchun joriy qilingan. Ya’ni muboh bo‘lgan ishda bir nasaga bir necha da’vogar bo‘lib qolganida birini boshqasidan ustun ko‘rmaslik uchun joriy qilingan. Bunda hech kimning haqqini poymol qilish degan narsa yo‘q. Johiliyat qur’asida esa da’vogarlar loyiq-loyiq emasligi, vojib yoki haqligi e’tiborga olinmasdi, hatto taqdirga daxl qilish darajasida edi. Islom esa loyiqlikni, vojib haqni o‘z egasiga berib, muboh ishlardagina adolatsizlikdan saqlanish uchun buni joriy qilgan. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 17:29 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar