Masjidlardagi suratlar

Assalomu alaykum! Bismillahir rohmanir rohiym! Abu Talha raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Rasululloh sallallohu alayhi vasallam "Farishtalar it va surat bor uyga kirmaslar", - dedilar". Ushbu hadisga asosan, hozirgi kunda kitob-u jurnallarning muqovalarida insonlarning surati chop qilinayapti. Savolim shundan iboratki, aynan shunday kitob va jurnallarning masjidlarimizda borligi noto‘g‘ri emasmi? Ibodat qilinadigan joydaya, ayniqsa? Balki e’tibor qilinadigan payt kelgandir?! Savolimni to‘g‘ri tushunasizlar deb o‘ylayman! Barcha xayrli amallarimizda Alloh o‘zi yordamchi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Juda to‘g‘ri taklif beribsiz. Suratni ko‘rinmaydigan holatda qo‘yish kerak. Surati ko‘rinadigan holatda turishi joiz emas. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 17:40 | Savol-javoblar | 147 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar