Haj amallarini tartibini o‘zgarishi

Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu alaykum! Muhtaram ustoz! Bu yilgi haj safarida, ba’zi Tamattu’ haj qilgan hojilar Zulhijja oyining o’ninchi kuni,ya’ni hayit kuni shaytonga tosh otib,qurbonliklarini so’yib bo’linganini e’shitganlaridan keyin Makkaga tushib Tavofi ifoza farzini bajardilar. Tunda Minoga borib shundagina sochlarini oldirdilar.Soch oldirish vojib amali bilan Tavofi ifoza farz amallarini tartibi o’zgarishi va sochini ham Minoga kelib oldirishligi e’hromdagi shaxsni jinoyat qilgan hisoblanib unga jonliq yoki sadaqa qilish vojib bo’lmaydimi? Meni sizga bu savolni berishligimdan maqsad,ayrim ilmli kishilar bo’laveradi desa,ba’zilari bo’lmaydi deb aytishmoqda. Tashakkur va e’htirom lla, O’sh shahridan Odiljon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qiron haj bo‘lmasa, bo‘laveradi.

7 May 2022, 03:42 | Savol-javoblar | 173 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar