Oshxonadagi taomlar

Assalomu alaykum! Ba’zan ko‘chadagi oshxonalarda taomlanishga to‘g‘ri keladi, lekin oshxonaning taomlari halolmi yoki yo‘qmi deb o‘ylanib qolaman. Shunday holatlarda qanday yo‘l tutish kerak? Javob uchun avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda ikki narsani asosiy qoida qilib olingan. Birinchisi : Asli harom bo‘lgan narsani, shar’iy yo‘l bilan halol qilinganligi sobit bo‘lmagunicha, u haromligicha qoladi.  Masalan : Go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ulardagi oquvchi qon chiqib ketmaganligi va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilgani topilmagani uchun u haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani sobit bo‘lgach, halolga hukm qilinadi. Ikkinchisi : Asli halol bo‘lgan narsalar biror yo‘l bilan harom qilinganligi sobit bo‘lmasa, halolligicha qoladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:15 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar