Mast holatda ayoliga ket desa taloq tushadimi?

Biz turmush o‘rtog‘im bilan janjallashib turardik. U kishi spirtli ichimliklar ichib, menga kup "Ket" der edilar. Sung men uyni tark qildim. 3 oy utgach meni olib ketdilar. Chunki u kishi arok ichishni tashladilar. Turmush o‘rtog‘im menga "sen bilan ajrashish uchun xech kachon ket deb aytmaganman. Xar bir turmushda urush-janjal bo‘ladi" dedi. Savol: menga talok tushganmi? Agar tushgan bo‘lsa, boshidan nikoh qilishimiz kerakmi? Biz 2 marta nikoh kilinganmiz. Yana bir marta qilish mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ket, deganda taloqni niyat qilmagan bo‘lsa, tushmaydi.

30 Aprel 2022, 19:30 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar