farzand oilasini buzish
Assalamu Alaykum Hurmatli Shayx Hazratlari Alloh ilmingizni yanada ziyoda aylasin. Muxtojlarga, adashganlarga, ikkilanganlarga Alloh sabr bersin va ilm-ma’rifat bilan yo‘l kursatishingizda Allohning o‘zi madadkor bo‘lsin. Oila qurganimga 1 yildan oshdi. Ayolimni hijobga kirgizdim, farzlarni bajarishida Islomiy tarbiya berib kelyapman. 1 xaftaga chet-elga borib kelishim sabab bo‘lib qaynonam xotinimni o‘z uyiga olib ketdi. O‘rtada sovuqchilik kundan kunga oshib, qudalar o‘rtasida isloh qilib bo‘lmaydigan darajada adovat paydo bo‘ldi. Kudalarning Ota-onam va manga qilingan, gapirilgan xurmatsizliklaridan Ota-onamning kelinga ham bo‘lgan munosabatlari ayanchli axvolga keldi, xotonimning ba’zi turmushdagi kamchiliklari ularga tog‘dek kurinib undan ko‘ngillari soviy boshladi. Ota onamni qattiq xurmat qilaman va e’zozlayman. Oila ham muqaddas, ayolimda ham ko‘nglim bor. Volidalarim ayolimdan, u bilan yashashdan voz kechishimni, ruxsatini berishimni talab qilishyapti. Aks xolda-"Oqpadarsan" deb 4 marotaba aytishdi. Ayolim meni juda yaxshi ko‘radi, lekin uning ota-onasi ham birga yashashimizga qarshi. Qaynotam bilan bir necha marotaba suxbatlashdim. Ammo qudalar o‘rtasidagi sovuqchilik hammasini buzib yubordi va xotinim qarshi bula turib ko‘chlarini olib ketdi. Ayolimga qaytib kelishi, qo‘rqmaligi va aytganimdek qilishga buyurdim. Ayolim ota onasi ruxsatisiz o‘zi kelolmasligi, qaytib kelsa mening ota onam qabul qilolmasligidan qo‘rqib, uzim olib ketishimni surayapti. Unga uyga kelishini va Mening ximoyamda, qaramog‘imda bo‘lishini tushuntirdim. U esa o‘z ota onasi va meni roziligimni xoxlayapti. Unga oyat va xadislardan birmuncha misollar keltirdim. Hazrat savollarim quydagicha. Bu xolatda. . . 1. Ota-ona farzandini turmushdan ajratishga xaqqi bormi? 2. Ayolimdan ajratish uchun Oqpadarsan deyilishi hukmi o‘tadimi? 3. Ayolim Ota-onasini aytganini qilib ajrashishi kerakmi, yoki Erining aytganimni qilib qaramog‘imga kelishi afzalmi. 4. Agar ota-onam xotinim bosh egib kelsa ham oxirgi chorada uni qabul qilishmasa, u bilan alohida yashab ketsam to‘g‘ri bo‘ladimi, yoki ota-onamni aytganinimi? 5. Hazrat, Alloh bergan sinovlaridan yaxshi o‘tib, bu xikmat dunyo va oxiratim uchun xayrli bo‘lishligida duo qiling va menga shariatga muvofiq yo‘lni kursating. Allohdan nusrat so‘rab sizning javobingizga muxtojman. Assalamu alaikum VRT VBT
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ota-ona bolasining oilasini buzishga haqi yo‘q! Buni yozaverib charchadik. Eski savol javob sytidan o‘qib yaxshiab tushunib oling.
26 May 2022, 23:46 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ota-ona bolasining oilasini buzishga haqi yo‘q! Buni yozaverib charchadik. Eski savol javob sytidan o‘qib yaxshiab tushunib oling.
26 May 2022, 23:46 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar