Nasorolar bilan bahs

Assalomu alaykum! Ustozlar, men nasorolar bilan juda ko‘p din haqida baxslashaman. O‘zim islom olimi Ahmad Diydat rahimahullohning ashaddiy muxlisiman. Yaqinda bir necha nasoro menga shunday dedi: Axmad Diydat o‘zining disputlardan birida “kim shu erda yolg‘on gapirsa Alloh uni gapirolmaydigon qilib qo‘ysin deb” duo qilgan. Ma’lumki Axmad Diydat umrining oxirgi 9 yilini insult tufayli to‘shakda o‘tkazishga majbur bo‘lgan. Nasroniylar menga shuni ro‘kach qilib, uning o‘zi yolg‘on gapirgani uchun gapirolmay qolgan deyishdi. Men ularga bu Allohning biz musulmonlarga iymonimizni sinash uchun yuborilgan imtixoni edi, Unga berilgan dard esa gunoxlariga kafforot bo‘ladi deb javob berdim. Kofirlar baribir meni mazax qilishda davom etishayabdi. Ularga yana qanday javob beray?
2) Axmad Diydat rahimahulloh qalamiga mansub kitoblarni bizning yurtimizda topishni ilojisi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U kishining gapirolmay qolishlari u kishini nohaq ekanliklariga dalil bo‘lolmaydi. Siz tug‘ri aytgansiz. Allohning yaxshi ko‘rgan bandalariga beradigan sinovi bo‘lgan. 2). Bu haqida ma’lumotimiz yo‘q. Internet tarmog‘ida qidirsangiz, ko‘plab topiladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 23:53 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar