Qur’on xatmi qilib berib yuborish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alhamdulillah men Qur’on Karimni tajvid bilan o‘qishni bilaman. Savolim shuki yaqinda otajonim muborak xaj safariga ketdilar. Ketish oldidan men ba’zi insonlardan eshitganimdek Qur’on xatm qilib oxirgi uch surasini o‘qimay otamga shu uch surani siz o‘qisangiz siz xatm qilgan bo‘lasiz. Savobini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ravzalariga borganda u kishiga bag‘ishlab keling dedim. Shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatimizda shunday qilsin degan joyi yo‘q. Qilsangiz yoki qilmasangiz ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:50 | Savol-javoblar | 135 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar