Og‘iz ochish vaqti qanday?
Assalomu alaykum! Men bir masalada doim qiynalaman. Iftorlik vaqtida og‘iz ochish vaqti kelgan bo‘lsa ham(taqvimda) hali quyosh botmaganday tuyuladi. Shuni hisobiga taqvimdagi vaqtdan ham o‘n-o‘n besh daqiqa keyin ochishga odatlandim. Aytingchi bunday qilsam ro‘zamga ziyon etmaydimi? Qazo bo‘lib qolmaydimi? Umuman olganda taqvimga qarab qo‘rqmay og‘iz ochsa bo‘laveradimi? Alloh ilmingizni ziyoda etsin. Omin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Besh daqiqagacha kutishingiz afzal, undan ortig‘iga hojat yo‘q. Sababi Toshkent shahrining ichida yashaydiganlardan ko‘ra shaharning tashqarisidagi Qozog‘istonga chegaradosh qishloqlarga borib qarasangiz quyosh hali to‘liq botmagan bo‘ladi. Chunki u joylar shahardan ancha baland joy hisoblanadi. Shuningdek baland uyda yashaydiganlar birinchi qavatdagilardan kechroq ochadilar. Boshqa yurtlarda ma’lum bir qavatlarda ochish vaqtini alohida yozib ham qo‘yilgan. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 23:53 | Savol-javoblar | 176 | Ibodatlar