Qibla qiyshiqroq bo‘lsa
Assalomu alaykum! Masjidimizda qurilish ishlarini olib borish uchun loyihalash ishlarida shu ma’lum bo‘ldiki masjid qiblasi 31gradusga farq qilishi aniqlandi. Mutaxasis masjid qiblasini surish kerak deb aytmoqda. Bunga bir otaxon masjidni mening bobom qurganlar qiblani o‘zgartirmaysizlar, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf roximaxullox 45gradusgacha farq bilan o‘qisa bo‘ladi deb aytganlar deb qarshilik qilmoqdalar.. Shu xolatda bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, masjidimizda fitna bo‘lishi oldini olishga yordam bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulamolar 45 gradusgacha burilsa namoz ado bo‘ladi deganlar. Otaxonga qibla yanada aniq bo‘lsa namoz to‘la to‘kis ado bo‘ladi deb tushuntirish kerak. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 154 | Aqiyda