Odam alayhissalom egan meva
Assalomu alaykum! Odam alayhissalom yaralganlarida jannatda bo‘lgan ekanlar Alloh bir mevani emasliklarini aytgan ekan. Shaytonni gapiga kirib eb erga tushgan ekanlar. O‘sha meva qaysi meva bo‘lgan. Javoblaringiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo jannatdagi hamma mevalarga ruxsat berib, faqat bittagina daraxt mevasini man qilganidek, bu dunyoda ham hamma narsaga ruxsat berib, faqat sanoqli narsalarni – insonning o‘zi uchun zararli bo‘lgan narsalarni man qilgan. Man qilingan daraxt qaysi daraxt ekani haqida uzundan-uzoq tortishuvlar bo‘lgan. Har kim o‘zi bilgan daraxtning nomini aytgan va ushbu gapni tasdiqlash uchun dalil va hujjatlar keltirgan. Ammo to‘g‘risini aytganda, birorta odamga o‘sha daraxtning ismini bilish bilan foyda yoki bilmaslik bilan zarar etmaydi. Agar uni bilish zarur bo‘lsa, Alloh Qur’onda yoki Payg‘ambarimiz hadislarida aytgan bo‘lar edilar. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
1 May 2022, 00:04 | Savol-javoblar | 173 | Siyrat va tarix